Toshkentdagi Inha universiteti va Avstraliyaning Kyortin universiteti o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida birgalikda tadqiqotlar olib borish va universitetlar o‘qituvchilari o‘rtasida tajriba almashishni ko‘zda tutuvchi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

– Bugungi kunda fizika-texnika tadqiqotlari bo‘yicha xalqaro innovatsion markaz yaratish bo‘yicha ishlar olib bormoqdamiz, – deydi Toshkentdagi Inha universiteti rektori S.Boboxo‘jayev. – Markaz Kyortin universiteti va jahonning boshqa yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikdagi turli loyihalarni amalga oshirishda muhim poydevor bo‘lishi kerak.

Imzolangan hujjat doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining turli yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikdagi tadqiqotlarni amalga oshirish, treninglar tashkil etish, ta’limga oid loyihalar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, tomonlar ta’lim olish, tajriba almashish uchun talaba va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Xususun, o‘zbekistonlik talabalar magistratura va doktorantura bosqichini Kyortin universitetida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ilk qo‘shma dasturlardan biri magistraturada "1+1" sxemasi bo‘yicha o‘qitish bo‘lib, uning doirasida talabalar bir yil mobaynida Toshkentdagi Inha universitetida, bir yil Kyortin universitetida ta’lim oladi. Tajriba va pedagogik texnologiyalarning yanada samarali almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida yurtimiz talabalari bilan mashg‘ulotlar olib borish uchun avstraliyalik o‘qituvchilarni taklif etish rejalashtirilmoqda.

Kyortin universiteti Avstraliyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lib, unda 60 mingga yaqin talaba ta’lim oladi, ularning qariyb 40 foizi xorijlik talabalardir. Universitet ta’lim berish sifati, shuningdek, laboratoriya xonalarida o‘tkaziladigan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan mashhur.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentdagi Inha universiteti va Avstraliyaning Kyortin universiteti: ular hamkorlik qiladi