O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida akademiya oliy kursini bitirayotgan tinglovchilar davlat imtihonlarini topshirdi.

Harbiy ta’lim tizimining samaradorligi mamlakatimiz mudofaa salohiyatini oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Harbiy kadrlarni tayyorlash tizimi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflariga mutaxassis kadrlarni tayyorlashning asosiy vositasidir.

Mamlakatimizda milliy harbiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy talablariga javob beradigan samarali tizim yaratilgan. Bu milliy armiyamiz saflarini puxta tayyorgarlikka ega, intellektual jihatdan yetuk, erkin fikrlay oladigan mutaxassislar bilan to‘ldirish imkonini bermoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25-yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigida barcha bo‘g‘indagi professional harbiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, ta’lim jarayoniga eng yangi usul va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Mazkur bitiruvchi kurs tinglovchilari ikki yil davomida mutaxassisliklari bo‘yicha mustahkam bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. Tinglovchilar Milliy g‘oya va O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi, chet tillari hamda operativ taktik tayyorgarlik fanlari bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi. Imtihondan so‘ng tinglovchilar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha diplom ishlarini himoya qildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tinglovchilar imtihon topshirdi