O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan filologiya fanlari o‘qituvchilarining respublika forumi o‘tkazildi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan filologiya fanlari o‘qituvchilarining respublika forumi o‘tkazildi. Unda pedagoglar, tilshunos va adabiyotshunos olimlar, darslik mualliflari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, yosh o‘qituvchilar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri U.Inoyatov, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori G‘.Rahimov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, adabiyotshunos olim B.Nazarov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori N.Mahmudov va boshqalar mamlakatimizda ta’lim sohasidagi keng qamrovli islohotlar umuminsoniy talab va mezonlarga mos tarzda amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlarning ta’lim olishi huquqiy jihatdan ta’minlangan bo‘lib, bilim dargohlarida o‘qitish o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, turkman va qirg‘iz tillarida olib borilmoqda. Umumta’lim maktablarining 5-9-sinflari uchun "Ona tili" va "Adabiyot", ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning 2-9-sinflari uchun "O‘zbek tili" darsliklari yangidan yaratilgan. Adabiyot darsliklarining mazmun-mohiyati tubdan yangilanib, ular o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyoti, milliy mumtoz, hozirgi zamon, jahon adabiyotining yetuk namoyandalari ijodi bilan boyitildi.

Maktab kutubxonalarini jahon va o‘zbek adabiyotining nodir namunalari bilan boyitish maqsadida o‘quvchilarning turli yoshiga mos holda badiiy, ma’rifiy-ommabop kitoblar joylarga yetkazildi. Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq maktablarning 1-sinfidan boshlab chet tillar, xususan, ingliz, nemis, fransuz tillari mukammal o‘rgatilmoqda.

– Bugungi kunda bolalarga bilim berish barobarida ularning yaxshi kitobga qiziqishini, o‘qishga ishtiyoqini oshirish va shu orqali ma’naviyatini yuksaltirish dolzarblik kasb etmoqda, – deydi Samarqand shahridagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi Aziza Oqilova. – Tilning badiiy jozibasi orqali bolalarda mutolaaga bo‘lgan mehrni kuchaytirish, kitob orqali ularda ezgu fazilatlarni mustahkam qaror toptirishga, mustaqil va sog‘lom fikr yuritishni o‘rgatish biz – pedagoglarning vazifasi. Bu esa o‘qituvchidan ishga ko‘proq ijodiy yondashish kerakligini talab etmoqda.

Forumda tilshunoslikning dolzarb masalalari muhokama etilib, istiqboldagi vazifalar belgilandi. Anjuman doirasida qatnashchilar poytaxtimizdagi diqqatga sazovor maskanlar, muzeylar, maktablar faoliyati bilan tanishdi. Ochiq darslar, mahorat saboqlari o‘qituvchilarning tilshunoslik, yoshlar kitobxonligini rivojlantirish, adabiyot darslarining tarbiyaviy ahamiyatini tobora kuchaytirishga doir bilimlarini yanada boyitdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tilshunoslik – bilim, tarbiya va ma’naviyat asosi