Mamlakatimizdagi barcha oliy harbiy ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi 5-iyul kuni Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida ham abituriyentlar davlat test sinovlarini topshirdi.

Ushbu harbiy bilim yurtida avtomobil bo‘linmalari taktik qo‘mondonligi, artilleriya qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi, front orti ta’minoti taktik qo‘mondonligi singari olti yo‘nalish bo‘yicha Qurolli Kuchlarimiz uchun yuqori malakali professional kadrlar tayyorlanmoqda. Milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida harbiy xizmatchilar uchun davlatimiz tomonidan keng imtiyoz va imkoniyatlar berilishi yoshlarning ushbu sohaga qiziqishini oshirmoqda. Jumladan, bu yil 3 ming 800 ga yaqin yoshlar Samarqand avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida o‘qish istagini bildirgan. Ular orasidan uch bosqichli sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 1 ming 200 dan ortiq nomzodlar yakuniy test sinovlariga kirdi.

– O‘qishga kirishga nomzodlar amaldagi tartibga muvofiq harbiy-professional yo‘nalish, dastlabki tanlash, harbiy-professional tanlash va test sinovlari asosida kompleks ravishda bosqichma-bosqich saralanib qabul qilinmoqda, – deydi bilim yurti qabul komissiyasi a’zosi, podpolkovnik Ulug‘bek Ro‘zimov. – Bu yil ham ushbu jarayonlar tegishli qonun va nizomlar asosida amalga oshirilib, dastlabki bosqichlarda saralangan abituriyentlar uch fan – fizika, matematika, o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha test sinovi topshirdi. Sinovlar o‘tkazilgan barcha auditoriyalarda kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Abituriyentlarning bilim yurtiga kelib ketishi, turar joy va oziq-ovqat ta’minoti davlatimiz tomonidan amalga oshirildi. Eng muhimi, bu yil bilim yurtiga qabul kvotasi avvalgi yillarga nisbatan oshirildi. Bu ham kursantlikka nomzodlar uchun katta imkoniyat bo‘ldi.

Test sinovlarida Davlat test markazi mas’ul xodimlari, shuningdek, auditoriya rahbari va kuzatuvchisi sifatida Samarqand viloyatidagi ta’lim muassasalari o‘qituvchilari ishtirok etdi.

– Harbiy yuridik yo‘nalishdagi Urganch harbiy litseyini bitirib, bolalikdagi orzuim – ofitser bo‘lish niyatida ushbu bilim yurtiga hujjat topshirdim, – deydi abituriyent Murod Fayzixonov. – Litseyda olgan bilimlarim tufayli dastlabki sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, bugun test sinovlari topshirdim. Kelgusida ofitser sifatida Vatanimga xizmat qilishni o‘zim uchun yuksak sharaf, deb bilaman.

Test sinovi natijalari yaqin kunlarda e’lon qilinadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Test sinovlari topshirildi