Marosimda o‘quvchilar yaxshi bilim olish, jismoniy mahoratini oshirib borish va Vatanimizga sodiq farzand bo‘lishga tantanali va’da berdi.

Samarqand shahridagi “Temurbeklar maktabi”da ta’lim muassasasiga joriy yilda o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilarning “Tantanali va’da” marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, o‘quvchilarning ota-onalari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Maktab direktori E.Xudoyqulov va boshqalar Prezidentimizning 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, mamlakatimizdagi barcha harbiy akademik litseylarga “Temurbeklar maktabi” nomi berilishi bilan birga, ulardagi ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Ushbu maktablar mamlakatimizdagi oliy harbiy bilim yurtlari uchun munosib nomzodlarni tayyorlab berishga, yoshlarni mard va jasur, haqiqiy vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.

Marosimda o‘quvchilar yaxshi bilim olish, jismoniy mahoratini oshirib borish va Vatanimizga sodiq farzand bo‘lishga tantanali va’da berdi. Ular qisqa vaqtda egallagan bilimi, safda yurish ko‘nikmasini ko‘rgazmali chiqishlari orqali namoyish etdi.

– Mazkur maktabga o‘qishga kirganimdan ayniqsa, ota-onam, ustozlarim juda xursand, – deydi D.Abdusalomov. – Kelajakda Prezidentimiz va xalqimizning ishonchini oqlab, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi bobolarim singari mard va jasur o‘g‘lon sifatida Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash uchun sidqidildan xizmat qilaman.

Marosimda ishtirok etgan ota-onalar farzandlarini tabriklab, maktabda ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining “Tantanali va’da” marosimi o‘tkazildi