Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.03.2017 15:08 Chop etish versiyasi

Taraqqiyot va farovonlik omili

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlari iqtisodchi olimlari, yosh tadqiqotchilar va mutaxassislar ishtirok etgan ilmiy anjumanda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish, mazkur tarmoqda zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Prezidentimizning joriy yil 7-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

– Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal taraqqiyoti, xalqimiz turmush darajasining o‘sib borishi aholining zamonaviy xizmatlarga ehtiyojini oshirmoqda, – deydi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori M.Pardayev. – O‘z navbatida, yalpi ichki mahsulot tarkibida ham mazkur tarmoqning ulushi yil sayin ortib bormoqda. Bunday sharoitda shahar va qishloqlarimizda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar turi va sifatini oshirish, tizimda yangi ish o‘rinlari yaratish muhim ahamiyatga ega. Bu hudud iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Konferensiyada xizmat ko‘rsatish sohasining iqtisodiyotdagi o‘rni, xizmatlar samaradorligini oshirishda menejment va marketingni takomillashtirish, turizmni rivojlantirish mexanizmlari, moliyaviy munosabatlar, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil, audit va statistika, kadrlar tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Olimlar va mutaxassislar tomonidan mahorat mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

G‘olib Hasanov, O‘zA
2 393






Все о погоде - Pogoda.uz