Yoki 11 yillik ta’limning afzalliklari haqida

Prezidentimizning tashabbusi bilan, ko‘plab ota-onalar, pedagoglar, yoshlar, keng jamoatchilik takliflarini o‘rgangan holda, yurtimizda 11 yillik o‘rta ta’limning qayta tiklangani yoshlarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi kuchayishida, ular tarbiyasini to‘g‘ri shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Pedagoglarning e’tirof etishicha, bu ertamiz egalarining bilimli, kasb-hunarli bo‘lib ulg‘ayishi, ma’naviyati, odob-axloqi, bo‘sh vaqti ustidan mahalla-ko‘y va jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishiga keng imkoniyat yaratdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta ta’lim uzluksiz 11 yillik ta’lim negizida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda umumta’lim maktablarining 9-sinfini bitirgan 467 ming nafar o‘quvchidan 284 ming nafari 10-sinfda ta’lim olmoqda. 11 yillik ta’limning joriy etilishi munosabati bilan tezkor davr talabidan kelib chiqqan holda olimlar, amaliyotchi o‘qituvchilar hamda keng jamoatchilikning fikriga tayanib, 10-11-sinflar uchun 12 ta umumta’lim fani bo‘yicha o‘quv rejalari qaytadan tayyorlanib, ularga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, 11-sinfda kasb ta’limi orqali 50 ga yaqin kasbni o‘rgatish bilan birga, “Tadbirkorlik asoslari” fani ham o‘qitiladi. O‘quv dasturlari asosida 10-sinf o‘quvchilariga umumta’lim fanlaridan 18 nomdagi darsliklar 7 tilda, jami 9 million 53 mingdan ortiq tirajda chop etilib, joylarga yetkazildi.

10-11-sinf o‘quvchilarining ta’lim olishi bilan birga, ularga kasb-hunar o‘rgatish, yoshlarning qiziqish va qobiliyatini nazarda tutgan holda kelajakda ularni ta’limni davom ettirishi yoki egallagan kasbi bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratish dolzarb ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ayni maqsadlarni ko‘zlaydi.

Hozir 10-sinf o‘quvchilari yurtimiz bo‘yicha 470 ta maktab va 1018 ta kasb-hunar kollejida tashkil etilgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida 50 dan ortiq kasbni o‘rganmoqda. Kasblar ro‘yxatini tayyorlashda hududlarning sharoiti hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari inobatga olinib, mutasaddilar va ish beruvchi tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda, real vaziyatni xolis baholagan holda ish olib borildi. Ya’ni 11-sinf o‘quvchisi maktabni tamomlagandan keyin egallagan hunari bo‘yicha o‘z ishini topa olishiga jiddiy e’tibor qaratildi.

Kelgusida jamiyatda, oilada va kundalik turmushda hamisha zarur bo‘lgan kichik tibbiy hamshira, oilaviy kichik hamshira, tarbiyachi yordamchisi, ijtimoiy soha kichik mutaxassisi, dasturchi, tarmoq boshqaruvchisi, veb-sayt dizayneri, komputer grafikasi mutaxassisi va shu kabi boshqa kasblarning o‘rgatilishi yo‘lga qo‘yiladi. Joylarda tashkil etilgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida kasblar murakkabligiga qarab 1 yoki 2 yil davomida o‘rgatiladi va mehnat bozoridagi ehtiyojga ko‘ra kasblarning turi o‘zgarib turadi.

10-11-sinf o‘quvchilariga haftasiga bir kun 6 soatdan 2 yil davomida kasbiy ta’lim o‘qitiladi. Bitiruvchilarga o‘rta ma’lumot to‘g‘risida attestat bilan birga kasb malakasi bo‘yicha davlat namunasidagi diplom beriladi. Shu bilan birga, o‘quvchilarda kasblarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, kasblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uzluksiz yetkazish maqsadida ular umumta’lim maktablarining 1-sinfidan boshlab kasbga yo‘naltirilib boriladi. 8-9-sinflarda esa kasbga yo‘naltirish alohida fan sifatida o‘qitiladi.

2017/2018 o‘quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab yurtimizning har bir hududidan tanlangan 28 ta o‘quv-ishlab chiqarish majmuasida 9-sinf o‘quvchilariga kasb o‘rgatish ishlari tajriba-sinov tariqasida o‘tkazilmoqda. Uning natijalariga ko‘ra, kelgusida umumta’lim maktablari o‘quvchilariga kasb o‘rgatish ishlari 9-sinfdan boshlanadi. Sohaga oid qonunchilikka ko‘ra, maqbullashtiriladigan kollejlar bazasida ham o‘quv-ishlab chiqarish majmualari yuridik maqomga ega tashkilot sifatida tashkil etiladi.

Ma’lumki, ta’lim sifati bevosita pedagog mahoratiga bog‘liq. 11 yillik ta’lim tizimining joriy etilishi munosabati bilan tegishli vazirlik va idoralar hamkorligida oliy ta’lim muassasalarining 9526 nafar bitiruvchisi, shuningdek, akademik litsey va kollejlarda dars soatlari qisqargan 12 ming nafardan ortiq umumta’lim fanlari o‘qituvchisi umumta’lim maktablariga joylashtirildi. Shu bilan birga, Chirchiq davlat pedagogika institutiga 750 nafar yosh o‘qishga qabul qilindi.

Pedagog kadrlar yetishmasligining oldini olish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz, Termiz davlat universitetining Denov filiallari tashkil etildi. Yurtimizning 15 ta oliy ta’lim dargohida ochilgan maxsus sirtqi bo‘limlarda 9 mingdan ortiq o‘rta maxsus ma’lumotga ega pedagogning oliy ma’lumot olishi uchun imkoniyat yaratildi.

10-sinflarga dars beradigan fan o‘qituvchilariga o‘quv reja, malaka talablari, o‘quv dasturlari va darsliklarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida o‘quvlar tashkil etildi. Umumta’lim maktablarida tizimda uzoq yillar samarali ishlayotgan mohir pedagoglar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari sovrindorlari, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining tuman, viloyat va respublika bosqichlari g‘oliblari tomonidan zamonaviy bilim berish usullari yuzasidan tajriba almashish bo‘yicha mahorat darslari muntazam tashkil etilmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi vazifalaridan kelib chiqib, ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga oid “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, eng ilg‘or tajriba va innovatsion metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etgan holda 11-sinf o‘quvchilari uchun 20 nomdagi 9,7 million nusxadagi darslik yaratilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda mazkur darsliklarning maketlari tayyorlanib bo‘lindi. 10-11-sinf o‘quvchilariga kasb o‘rgatish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha maktablarda tashkil etilgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarining 489 ta sinfi 18 turdagi zarur jihozlar bilan ta’minlanadi.

Bularning barchasi yosh avlodning puxta va sifatli bilim olishi, o‘zi qiziqqan yo‘nalishi bo‘yicha kasb-hunar egallashiga davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan katta e’tiborning amaldagi ifodasidir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi ezgu tashabbuslar