O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun (o‘zining o‘qishi yoki yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining o‘qishi uchun) yo‘naltiriladigan fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlariga jismoniy shaxslardan daromad solig‘i olinmaydi.

Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010-yil 27-mayda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Mazkur nizomga asosan jismoniy shaxslarga soliq chegirmasi o‘qish uchun yo‘naltirilgan o‘z mablag‘lari, jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlarini qoplash uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar va yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lar (ssudalar) hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi.

E’tibor qaratish kerakki, bunda yuridik shaxslar tomonidan talabalarning ta’lim olishi uchun oliy o‘quv yurti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar bo‘yicha pulli-kontrakt asosida o‘tkaziladigan, ushbu yuridik shaxsning xarajati bo‘lgan mablag‘lar summasiga soliq chegirmasi imtiyozi tatbiq etilmaydi.

Soliq chegirmasi davlat soliq xizmati organlari orqali jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish yo‘li bilan hamda soliq to‘lovchining yozma arizasiga binoan to‘lov manbaida, ya’ni ish beruvchi tomonidan ham berilishi mumkin.

To‘lov manbaida soliq chegirmasi ta’lim uchun to‘langan summalarni jismoniy shaxsning soliq solinadigan daromadlaridan keyinchalik ushlab qolish sharti bilan berilgan ish beruvchining mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtiga yoki tijorat bankiga olingan ta’lim kreditini qoplash evaziga ish beruvchi tomonidan o‘tkazib beriladigan jismoniy shaxsning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlari hisobiga amalga oshirilganda taqdim etiladi. Bunda to‘lov manbaida soliq chegirmasi qo‘llanilganda jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya taqdim etilishi talab qilinmaydi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun to‘lov jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda (naqd pul hisobiga, jismoniy shaxslarning banklardagi omonat va boshqa hisob raqamlaridan yoki plastik kartalardan foydalangan holda) amalga oshirilganda soliq chegirmasi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 191-193-moddalarida nazarda tutilgan tartibda davlat soliq xizmati organlariga jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirish yo‘li orqali berilishi mumkin. Bunda soliq chegirmasi O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar summasiga, soliq davri uchun ko‘rsatilgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi miqdoriga beriladi.

Bu imtiyozlardan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning bilim olishi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishdir.

Ahror Ahmedov,

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
jismoniy shaxslar soliq ma’muriyatchiligi 
bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim olish uchun yo‘naltirilgan soliq imtiyozlari