Mamlakatimiz Bosh Qomusida voyaga yetmaganlarning huquqlari davlat himoyasida ekani kafolatlangan. Shu bilan birga, har kim bilim olish huquqiga ega ekani, bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi mustahkamlangan.

Bu mamlakatimizning insonparvar siyosati, xalqimizning bolajonligi, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishiga oid azaliy qadriyatlarimizning qonuniy ifodasidir. Bu tamoyillar hayotimizda o‘z ifodasini topayotgani bolalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Farzandlar kamoli uchun yaratilgan huquqiy asoslar va amaliy chora-tadbirlar BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi qoidalariga mos. Zero, unda bolalar huquqlari ta’minlanishi, ularning bekamu ko‘st voyaga yetishi uchun g‘amxo‘rlik ko‘rsatish tamoyili ustuvorlik qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida «Voyaga yetmaganlarning ta’lim olishga bo‘lgan huquqlarini kafolatlash: muammo va yechimlar» mavzuida tashkil etilgan konferensiyada shular haqida so‘z yuritildi. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tashkil etgan tadbirda deputatlar, BMT Bolalar jamg‘armasi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar va yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari U.Sunnatov, xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari D.Kenjayev va boshqalar mamlakatimizda bolalar huquqlari doimiy himoyada ekanini, ayniqsa, farzandlarimizning ta’lim olishga bo‘lgan huquqlari kafolatlari to‘la ta’minlanganini ta’kidladi. 12-yillik bepul majburiy ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilgani har bir bolani ta’limga jalb etish imkonini bermoqda. Buning uchun har yili davlat byudjetining 35 foizdan ortig‘i ushbu sohaga yo‘naltiriladi.

Konferensiyada BMT Bolalar jamg‘armasining mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari S.Graumann O‘zbekistonda bolalar huquqlariga alohida e’tibor qaratilayotgani, bu borada xalqaro huquq normalariga rioya etilayotganini ta’kidladi. 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida sohani yanada takomillashtirish nazarda tutilgani diqqatga sazovor. Unda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash maqsadga muvofiq. Imkoniyati cheklangan hamda maktab yoshiga yetmagan bolalarga ta’lim berishni kengaytirish bugungi kun talablaridandir.

Tadbirda maktablarda ta’lim sifatini yaxshilash borasida izchil ishlar amalga oshirilayotgani aytib o‘tildi. Darsliklar sifatini yaxshilash, o‘qituvchilar malakasini oshirish borasida amaliy sa’y-harakatlar davom etmoqda. Har bir sinfda o‘quvchilar soni 35 nafar etib belgilangani nafaqat o‘qituvchi, balki o‘quvchilarga ham qulaylik yaratadi. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun 85 maxsus maktab faoliyat yuritmoqda. Maktabga chiqish imkoni bo‘lmagan 10 mingdan ortiq nogiron bola uchun jalb etilgan o‘qituvchilar ularga o‘z uyida bilim bermoqda. Maktabgacha ta’lim tizimini kengaytirish maqsadida mavjud bog‘chalarning ko‘pchiligi ta’mirlandi va bu jarayon davom etmoqda. Qo‘shimcha 50 maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi natijasida bu borada bolalarni qamrab olish 1,5 baravarga ortadi.

Mamlakatimizda voyaga yetmaganlarning ta’lim olishga bo‘lgan huquqlari kafolatlari ta’minlanishi bilan birga ularning farovon hayot kechirishi, iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishi uchun barcha sharoit yaratilgan. 300 dan ziyod musiqa maktabi, minglab sport majmualari mavjudligi shunga keng yo‘l ochayotir.

Farzandlarimiz uchun yaratilgan imkoniyatlar ularning har tomonlama yetuk inson bo‘lib ulg‘ayishiga zamin yaratmoqda. Bu borada ta’lim muassasalari, ota-onalar, o‘zini o‘zi boshqarish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hamkorligi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bu tizim orqali huquqbuzarliklarning oldini olish, voyaga yetmaganlarni turli illatlardan, axborot xurujlaridan asrashda samarali natijalarga erishilmoqda.

Konferensiyada ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim huquqini kafolatlash: muammolarning yechimi qanday?