Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.09.2017 15:41 Chop etish versiyasi

Quva tumanidagi 67-umumta’lim maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Farg‘ona viloyatida joriy yilda 26 umumta’lim maktabi, 38 maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruksiya va qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida navqiron avlodning hech kimdan kam bo‘lmagan sharoitlarda o‘sib-ulg‘ayishi uchun zamonaviy ta’lim muassasalari, sport, musiqa va san’at inshootlari barpo etish, ularni zarur jihozlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida Quva tumani Paxtakor qishlog‘ida joylashgan 67-umumta’lim maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Qurilish ishlariga 3 milliard so‘mga yaqin mablag‘ sarflangan maktabda o‘quvchilarning zamonaviy ta’lim olishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

– Keng va yorug‘ sinf xonalari, sport zali va maydonchasi har qanday kishining havasini keltiradi, – deydi maktab direktori R.Shamsiddinov. – Farzandlarimizga ko‘rsatilayotgan bunday ulkan e’tibor ota-onalarni ham behad xursand qilmoqda.

Maktabning ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyev so‘zga chiqdi.

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA
1 896






Все о погоде - Pogoda.uz