O‘zA O`zbek

15.04.2019 12:35 Chop etish versiyasi

OTMlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 60,5 million AQSh dollari ajratiladi

OTMlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 60,5 million AQSh dollari ajratiladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Islom taraqqiyoti banki bilan hamkorlikda OTMlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha yangi loyiha amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim tizimida Islom taraqqiyot banki investitsiya mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan “Oliy ta’lim muassasalarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi ish faoliyatini boshladi.

Loyihaning umumiy qiymati 60,5 million AQSh dollari miqdorida bo‘lib, bunda Islom taraqqiyot banki mablag‘lari 47,72 million AQSh dollari va O‘zbekiston Respublikasi ulushi 12,81 million AQSh dollarini tashkil qiladi.

Loyihaning asosiy maqsadi respublika miqyosida 50 ta OTMni zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlashdan iborat.

O‘zA
331