Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida bitiruvchilarga mutaxassislik diplomlarini topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida bitiruvchilarga mutaxassislik diplomlarini topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va nodavlat tashkilotlari, jamoatchilik vakillari, professor-o‘qituvchilar, talabalar, bitiruvchi yoshlarning ota-onalari ishtirok etdi.

Institut rektori S.Yunusov va boshqalar mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish borasidagi ishlar iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini yuksak intellektual salohiyatga ega malakali mutaxassislar bilan ta’minlashdek ulug‘ maqsadlarga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining shu yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bunda dasturilamal bo‘lmoqda.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Markaziy Osiyoda to‘qimachilik, yengil va paxta sanoati sohasi uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlaydigan yagona oliy ta’lim muassasasidir. Institutda uch mingdan ziyod talaba o‘n ikki yo‘nalish bo‘yicha bakalavriatda, o‘n yetti mutaxassislik bo‘yicha magistraturada zamonaviy ta’lim standartlari asosida tahsil olmoqda.

– Institutimiz malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fanning ilg‘or tajribalarini amaliyotga joriy etish maqsadida jahonning o‘nga yaqin mamlakatidagi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda, – deydi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti prorektori Ulug‘bek Abdullayev. – Buyuk Britaniya, Xitoy, Germaniya, Yaponiya, Gretsiya, Janubiy Koreya, Rossiya va boshqa mamlakatlardagi nufuzli sanoat korxonalari va yetakchi kompaniya mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari uyushtirilayotgani talabalarning sohaga doir bilim va tajribasini oshirishga xizmat qilmoqda. Institutimiz pedagog kadrlari va iqtidorli talabalari xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari bilan o‘zaro tajriba almashib kelmoqda.

Joriy yilda oliy o‘quv yurtini 942 bakalavr va 124 magistr bitirdi.

– Institutda zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, izlanish uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, fidoyi, talabchan ustozlarimizning mehnatlari samarasida mustaqil hayotga qadam qo‘ymoqdamiz, – deydi bitiruvchi Davron Satimov. – Avvaldan tuzilgan uch tomonlama shartnomaga muvofiq, «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasida ish boshlamoqdaman. Maqsadimiz – mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shish uchun bor kuch-g‘ayrat bilan mehnat qilishdir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oq yo‘l, bitiruvchilar!