440 bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi va 554 magistratura mutaxassisliklari uchun namunaviy o‘quv rejalar va malaka talablari hamda 3 mingdan ortiq namunaviy o‘quv dasturi tasdiqlandi, shuningdek, 352 nomdagi darslik va o‘quv qo‘llanmalar chop etish uchun tavsiya qilindi.

Milliy matbuot markazida tashkil etilgan matbuot anjumanida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijrosi bo‘yicha tizimda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanganidek, oliy ma’lumotli kadrlarning maqsadli mezonlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalariga ixtisoslik yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni hududlar va sohalar bo‘yicha joriy etilayotgan dasturlarning talab va ehtiyojlari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni kompleks taraqqiy ettirish istiqbollarini inobatga olgan holda optimallashtirish maqsadida sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalari uchun davlatimiz rahbarining 2017/2018-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq davlat grantiga maqsadli qabul kvotalari shakllantirildi.

Namangan muhandislik-pedagogika instituti Namangan muhandislik-qurilish institutiga o‘zgartirildi. Toshkent davlat texnika universitetining Termiz va Olmaliq filiallari, Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali tashkil etildi. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Sog‘liqni saqlash ta’lim yo‘nalishlarida xalqaro tajribani inobatga olgan holda o‘qish muddatlari 7 yildan 6 yilga qisqartirildi. Barcha oliy ta’lim muassasalari tomonidan 2030-yilga qadar rivojlanish strategiyasi ishlab chiqildi va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlandi.

Pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatidan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning stajirovkasini yo‘lga qo‘yish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD dasturi va xorijiy magistratura dasturlari asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.

Ayni vaqtda esa tizimda masofadan o‘qitish ustida ish olib borilmoqda. Buning uchun har bir oliy ta’lim muassasasida selektor zallari tashkil etilgan bo‘lib, kelgusida talaba-yoshlar mamlakatimiz va xorijning yetakchi professor-o‘qituvchilari ma’ruzalaridan onlayn tarzda bahramand bo‘ladi.

Oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Har bir oliy ta’lim muassasasida Harakatlar strategiyasi xonasi tashkil etildi. OTMlar uchun psixolog va har bir talabalar turar joyi uchun tarbiyachi-pedagog lavozimlari joriy etildi. Talaba-yoshlarning dunyo va mamlakatimizda bo‘layotgan voqea-hodisalar yuzasidan xabardorligini oshirish maqsadida vazirlikda axborot guruhi shakllantirilib, dolzarb xabar va yangiliklarning haftalik jamlanmasi universitet va institutlarga elektron tarzda yetkazib berilmoqda.

2017/2018-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalariga 10 bakalavr, 11 magistr loyiq topilgan.

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasini xalqaro huquq va munosabatlar yo‘nalishi bo‘yicha olganman, – deydi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabasi Nigora Maxmasobirova. – 35 dan ziyod ilmiy maqola va 3 risolam nashrdan chiqqan. Ayni vaqtda «Innovatsion klasterlarni shakllantirishning jahon tajribasi va O‘zbekistonda undan foydalanish istiqbollari» mavzuida magistrlik tadqiqoti olib borayapman. Biz bugun dunyoning ilg‘or davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, hal qiluvchi kuch sifatida innovatsiya va konstruktiv inson omillarini ko‘rish mumkin. Shu sababli ham mamlakatimizda innovatsion faoliyatning rivojlanishi juda muhimdir. Tadqiqotdan maqsad O‘zbekistonda innovatsion klasterlarni shakllantirishning nazariy asoslarini yaratishdir.

Anjumanda vazirlikning mas’ul xodimlari jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining mas’ul xodimlari jurnalistlarning savollariga javob berdi