O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Navoiy shahridagi 27-maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

Navoiy shahar hokimi U.Xalilov, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i G.Aslonova va boshqalar mamlakatimizda ta’lim tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish, yosh avlodni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalash uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Xususan, maktab yoshigacha bo‘lgan davrda bolaning dunyoqarashi va tasavvurini kengaytirish, turli xorijiy tillar va fanlardan boshlang‘ich bilimini shakllantirishda oliy ma’lumotli, tajribali pedagog kadrlar keng jalb etilishi yuksak samaralar bermoqda. Prezidentimizning joriy yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

9.JPG

Joriy yilda viloyatda 4 maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruksiya qilinib, 6 tasi kapital ta’mirdan chiqarildi. 2018-yilda 10-maktabgacha ta’lim muassasasini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash rejalashtirilgan.

6.JPG

– Muassasamiz zamonaviy qiyofa kasb etib, barcha zarur jihozlar bilan ta’minlandi, – deydi 27-maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Mashhura Hamidova. – 220 o‘ringa mo‘ljallangan maskanda bolalarga oliy ma’lumotli, ko‘p yillik tajribaga ega pedagoglar ta’lim-tarbiya bermoqda. Turli fan, sport va san’at to‘garaklari eng so‘nggi anjomlar bilan jihozlandi.

“Navoiy Grand Dilayver” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan 1 milliard 85 million so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan maskanda yozgi bolalar o‘yin maydoni qurilib, turli attraksionlar va ertak qahramonlarining haykali o‘rnatildi.

Shu kuni Uchquduq tumanida ham uchta maktabgacha ta’lim muassasasining rekonstruksiya va mukammal ta’mirlangan binosi foydalanishga topshirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy shahrida zamonaviy boshlang‘ich ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi