Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.04.2017 00:02 Chop etish versiyasi

Mutaxassislar tayyorlash sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik

Toshkent shahridagi Inha universiteti va Belarus Respublikasi Yuqori texnologiyalar parkining ta’lim markazi Anglashuv memorandumini imzoladi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Belarus Respublikasi poytaxti Minsk shahrida shu munosabat bilan tantanali marosim o‘tkazilgan. Unda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Belarus Respublikasi Yuqori texnologiyalar parkining ta’lim markazi vakillari ishtirok etgan.

Hamkorlikdan ko‘zlangan maqsad har ikki mamlakat manfaatlari inobatga olingan holda ta’lim sohasidagi amaliy munosabatlarni kengaytirishdan iborat. Memorandum doirasida tomonlar axborot texnologiyalari mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tajriba almashadi.

O‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasida dasturiy ta’minot hamda axborot texnologiyalarini ishlab chiqarishni rivojlantirishga ko‘maklashish imkonini beradi.

Roman Bondarchuk, O‘zA
2 084






Все о погоде - Pogoda.uz