Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi Manas qishlog‘ida “Obod qishloq” dasturi doirasida keng ko‘lamli qayta qurish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida qishloqdagi ikkita umumta’lim maktabining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, 5-umumta’lim maktabida 250 million so‘mlik ta’mirlash, jihozlash ishlari amalga oshirildi. Maktab binosining tomi to‘liq qayta yopildi. Xonalarning poli parket qilindi, zamonaviy eshik-romlar o‘rnatildi. Maktabga 120 yangi parta, 240 stul, 16 shkaf, 8 sinf doskasi keltirildi. Kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun laboratoriya ashyolari, chet tili kabineti, boshlang‘ich sinf xonalari uchun 2 komputer olib kelindi.

Xuddi shunday ishlar 12-umumta’lim maktabida ham amalga oshirilib, o‘quvchilarga ta’lim standartlari talabi asosida bilim va tarbiya berish uchun barcha sharoit yaratildi.

Eng muhimi, bu maktablarda ilgari nomi boru o‘zi yo‘q bo‘lgan o‘quv-ishlab chiqarish xonasi yangidan barpo etildi. Viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tomonidan har ikkala maktabning o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonasi duradgorlik, chilangarlik, tikuvchilik dastgohlari va boshqa jihozlar bilan to‘liq ta’minlandi.

– Prezidentimiz g‘amxo‘rligi tufayli maktabimiz ta’mirdan chiqarilib, qishloqning eng ko‘rkam inshootiga aylantirildi, – deydi 5-umumta’lim maktabi direktori Xolbo‘ta Mingjigitov. – Bu e’tiborga javoban biz, o‘qituvchilar ta’lim sifatini oshirib, yoshlarimizga chuqur bilim va yaxshi tarbiya beramiz.

Manas qishlog‘ida barcha sohada yangilanish, qurilish, obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktablar ta’lim standartlariga mos jihozlandi