Mirobod tumanidagi 110-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi Nozima Ismoilova erta tongdan kelib, o‘tiladigan mavzularga birma-bir ko‘z yugurtirib oldi.

Har kim bilim olish huquqiga ega.
Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.
Maktab ishlari davlat nazoratidadir.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 41-modda.

Mirobod tumanidagi 110-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi Nozima Ismoilova erta tongdan kelib, o‘tiladigan mavzularga birma-bir ko‘z yugurtirib oldi. Baholangan daftarlar, sinf jurnali va darslik konspekti tayyor. Ammo uning xayoli o‘quvchisi Ruhshona Yo‘ldoshevada. U bugun maktabda bo‘lib o‘tadigan "Eng faol kitobxon o‘quvchi" tanlovida qatnashadi.

Har darsda o‘quvchilarini kitob o‘qishga undab, ularni mutolaaga jalb etayotgan o‘qituvchi uchun Ruhshonaning tanlovda qatnashishi chindan hayajonli voqeadir. Shu sabab Nozima Ismoilova adabiyot darsini boshlar ekan, o‘quvchisiga ich-ichidan omad tiladi...

– O‘quvchilarning ma’naviy komillikka erishishida adabiyot fani alohida o‘rin egallaydi, – deydi u. – Chunki adabiyotga qiziqqan bolaning qalbi ezgulikka to‘lib ulg‘ayadi. Yigirma yildan ortiq pedagoglik faoliyatim va maktabda metod birlashmaning raisi sifatida aytishim mumkinki, har bir o‘qituvchi avval o‘quvchilarning psixologiyasini yaxshi bilishi, kezi kelsa, ular bilan birma-bir suhbatlashishi zarur. Bunday suhbat ustoz uchun mashg‘ulotlarni qiziqarli tashkil etishda foyda beradi. Bunga qo‘shimcha ularni fan to‘garaklariga jalb etilsa, nur ustiga nur.

Shunday talab va ehtiyojdan kelib chiqib, mazkur o‘quv dargohida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va malakali pedagoglar bilan ta’minlashga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Maktab binosida yaratilgan shart-sharoitlar, yuzga yaqin sinf, ikkita sport zal, 400 o‘rinli oshxona va ikkita tibbiy yordam xonasining mavjudligi navqiron avlodning mustahkam bilim olishida katta imkoniyatdir.

3.JPG

Bundan tashqari, maktabda joylashgan Mirobod tumani axborot-resurs markazi 16 mingdan oshiq kitob, 200 dan ortiq elektron adabiyot fondiga ega. Shu bois, ushbu ziyo maskani hamisha o‘quvchilar bilan gavjum. Unda tashkil etilayotgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar o‘quvchilarning har tomonlama yetuk, bilimdon va zukko bo‘lishida hamda ular qalbida ona zaminga mehr-muhabbat o‘yg‘otish, vatanparvarlik g‘oyalarini singdirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

– Maktabda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi va 2017-yil 6-apreldagi "Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarorlari ijrosiga alohida ahamiyat qaratilmoqda, – deydi umumta’lim maktabi direktori Umida Rashidova. – Bunday tizimli tadbirlar asosida maktabimiz ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga aylantirildi. Ixtisoslashtirilgan sinflarda o‘quvchilar matematika, fizika, informatika va chet tillari chuqur o‘qitilmoqda.

10.JPG

Maktabda bugungi kunda uch mingdan ortiq o‘quvchi tahsil olmoqda. Ularga bir yuz o‘ttiz oliy ma’lumotli o‘qituvchi ta’lim-tarbiya berayotir. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi B.Kochetov, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibasi V.Belova, filologiya fanlari nomzodi A.Sharafutdinova, S.Suxovey, M.Xolxo‘jayeva, L.Ivanina, M.Burxonova, E.Bariyeva, F.Jabborova kabi tajribali va fidoyi o‘qituvchilar bor.

... Qo‘ng‘iroq chalindi. Adabiyot o‘qituvchisi Nozima Ismoilova sinfdan chiqar ekan, o‘quvchisining xursand bo‘lib, yugurib kelayotganini ko‘rdi.

– Ustoz, men "Eng faol kitobxon o‘quvchi" nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandim.

– Barakalla, Ruhshona! – deya Nozima Ismoilova o‘quvchisini bag‘riga bosdi...

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktab ta’limi – farzandlarimiz kelajagi sari qo‘yilgan ezgu qadam