O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti magistrantlarining dissertatsiya himoyasi o‘tkazildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan yangilash, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbarining shu yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Qarorda oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, talaba-yoshlarning qalbi va ongiga milliy istiqlol g‘oyasini, xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘usini chuqur singdirish, biz uchun mutlaqo yot va begona bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan ularda mustahkam immunitet va tanqidiy munosabatni shakllantirish oliy ta’lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalaridan biri sifatida belgilangan.

– Taqdimotda «O‘zbekiston matbuotining yoshlar huquqiy madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni» mavzuida dissertatsiya ishimni himoya qildim, – deydi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti Kamola O‘lmasova. – Ilmiy ishda yoshlar huquqiy madaniyatini rivojlantirish, ularning ongida vatanparvarlik ruhini shakllantirishda matbuotning asosiy vazifalarini yanada kuchaytirishga qaratilgan masalalar ilgari surilgan.

Magistrantlar «Elektron ommaviy axborot vositalarida sog‘lom turmush tarzining yoritilishi: muammo va yechimlar», «Ommaviy-siyosiy adabiyotlar tili va uslubi», «Sarlavha va matn uyg‘unligi», «Tarixiy asarlarda til, uslub va tahrir» kabi mavzulardagi ilmiy ishlarida o‘z fikr va qarashlarini himoya qildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Magistrantlar dissertatsiya himoya qildi