Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.12.2017 16:50 Chop etish versiyasi

Ma’rifiy dasturlarning sarhisobi bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi

Poytaxtimizda oilaviy ko‘nikmalarga oid o‘quv dasturlari orqali yoshlar o‘rtasida turli illatlar, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari A.Sa’dullaev va boshqalar mamlakatimizda ta’lim jarayoni ma’naviy-axloqiy tarbiya bilan uyg‘un olib borilayotganini ta’kidladi.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilayotgan loyihalar yoshlarni turli illatlardan, huquqbuzarliklardan himoyalashga qaratilgan. Jumladan, BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan "Oila va maktab birgalikda" va "Mustahkam oila" dasturlari balog‘at ostonasidagi bolalarni turli illatlardan ogoh etish va asrashdek maqsadlarni ko‘zlaydi.

– Biz "Mustahkam oila" dasturida qatnashdik, – deydi Shayxontohur tumanidagi 132-umumta’lim maktabining pedagog-psixologi Naima Yoqubova. – Ushbu dastur doirasida bevosita ota-onalar, bolalar, oilalar bilan ma’rifiy mashg‘ulotlar o‘tkazdik. Oilada ota-onalar va farzandlar o‘rtasida o‘zaro tushunish va ishonchga asoslangan munosabatlarni shakllantirish, o‘smirlarda hurmat, bir-biriga ko‘mak ko‘rsatish, hamjihatlikni mustahamlash bo‘yicha interfaol tadbirlar olib borildi. Bularning barchasi oilalarda ahillik muhitining mustahkamlanishiga, farzandlarimizning ijtimoiy faolligi oshishiga, turli kelishmovchiliklarning barham topishiga muhim zamin yaratmoqda.

Loyiha ishtirokchilari ma’rifiy dasturlarning sarhisobi bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazdi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
742






Все о погоде - Pogoda.uz