...Jajji Mubina alfavitdagi harflarga beshtadan so‘z topa oladi. Shermuhammad mitti barmoqlarini bukib bemalol sanaydi. Saidislom yurtimizdagi viloyat va shaharlarning nomini aytib bera oladi...

Bugungi bolalar maktabning birinchi sinfiga o‘qish-yozishni bilib, hisobdan xabardor holda bormoqda. Bunda maktabgacha ta’lim maskanlarida olib borilayotgan mashg‘ulotlar, ilg‘or uslub va pedagogik texnologiyalar, tarbiyachilarning ijodiy yondashuvi alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini davr ruhiga monand yo‘lga qo‘yish, yosh avlodga bilim va tarbiya berish ishlarini sifat va mazmun jihatdan yanada yuksaltirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilgani bu yo‘nalishdagi amaliy ishlar hajmini yanada kengaytirishni taqozo etmoqda.

Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, poytaxtimizdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish, bolalarning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Maktab ta’limiga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirish, tarbiyalanuvchilarni sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etish, bolalarni maktabga tayyorlashning yangi shakllarini joriy etish orqali ularning maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, o‘g‘il-qizlarga ta’lim-tarbiya sifatini oshirish yuzasidan ko‘plab amaliy chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda.

Yunusobod tumanidagi 366-maktabgacha ta’lim muassasasining hovlisi gullarga burkangan. Bu maskanda kichkintoylarning kulgisi arimaydi. Intellektual mashg‘ulotlar, topishmoq, maqol, she’r orqali atrof-olamni, Vatan, oila, maktab tushunchalarini anglash barcha bolalarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Mudira Husniya Rizayevaning aytishicha, 257 bola qatnaydigan bu maskandan yangi o‘quv yilida 40 nafar kichkintoy maktabning birinchi sinfiga boradi. Maktabga tayyorlov guruhidagi mashg‘ulotlar nutq o‘stirish, savodga tayyorlash, matematika, tevarak-atrof bilan tanishtirish, rasm, qurish-yasash kabi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi.

Nutq o‘stirish mashg‘ulotida suratlar, ertak va hikoyalar so‘zlash, predmetlar, tasavvur orqali bolalarning muloqot qilish, o‘z fikrini erkin ifodalash ko‘nikmasi shakllantirilsa, savodga tayyorlash mashg‘ulotida harflar bilan dastlabki tanishuv, sodda so‘zlarni o‘qish, bo‘g‘inlarni ajratishga oid bilimlar beriladi.

Matematikada raqamlar va sanoq, geometrik shakllar, miqdor va kattalik, fazoviy tushunchalar turli qiziqarli o‘yinlar yordamida tushuntirilishi bolalarning o‘rganganini tez va oson o‘zlashtirishida alohida ahamiyat kasb etadi. Tevarak-atrof bilan tanishtirishga oid mashg‘ulot jarayonida buyuk bobolarimiz, qadimiy shaharlarimiz, ona Vatan, kasblar haqidagi tushunchalar turli ko‘rgazmali vositalar yordamida uqtiriladi.

Bu yerdagi kutubxonada yetti yuzga yaqin kitob bor. "Bir bolaga uch kitob", "Sevimli kitobim" kabi aksiyalar orqali bolalarning o‘qishga, kitobga bo‘lgan qiziqishi ortmoqda. Maktab yoshiga yetgan Nilufar Isayeva, Mohinur Shohiddinova, Habibulla Omonullayev, Nasiba Saidkarimova Vatan, istiqlol, tabiat, maktab, ona, yil fasllariga oid she’rlarni burro aytib berdi.

63-umumta’lim maktabiga tayyorlov guruhiga qatnovchi bolalar ishtirokida tez-tez sayohat tashkil etilib turiladi. Bunday ekskursiya darslarda o‘tirish malakasini shakllantirish, o‘qishga ruhan, aqlan, jismonan tayyorgarlikni yanada oshirish, bilim olishga bo‘lgan ishtiyoq va havasni kuchaytirishda alohida o‘rin egallaydi.

Katta tarbiyachi Iqboloy Yo‘ldoshevaning bolalarni matematikaga qiziqtirishga oid mashg‘ulot metodikasi tuman miqyosida ommalashtirilgan. Tarbiyachi Zulfiya A’zamova "Yilning eng faol tarbiyachisi" respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichida muvaffaqiyat qozongan. Nasiba Masaidova ham bolalarni maktabga tayyorlashga alohida mas’uliyat, o‘ziga xos ijodiy izlanish asosida yondashuvchi izlanuvchan tarbiyachilardan. Tarbiyachilar bilan birga psixolog bolalarning maktabga ruhiy tayyorgarligini puxta tahlil etsa, logoped nutqining yanada ravon bo‘lishi xususida jon koyitadi.

Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash respublika o‘quv-metodik markazi, Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti bilan uzviy hamkorlik ilg‘or ma’rifiy dasturlar, pedagogik texnologiyalarni qo‘llash imkonini berayotir. Bu yerda pedagogika kolleji o‘quvchi-qizlarining doimiy amaliyot o‘tashi yosh tarbiyachilarning tajribasini oshirishga xizmat qilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kichkintoylar zehnini charxlab...