Andijon mashinasozlik institutida o‘quvchi-yoshlarni oliy o‘quv yurtlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish masalasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning 2017-yil 26-sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilgan tadbirda professor-o‘qituvchilar, institut qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari, ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun sharoit yaratish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga jalb etish borasida izchil ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

– Institutimizda 12 ixtisoslik yo‘nalishi bo‘yicha 4 mingdan ziyod talaba, institut qoshidagi akademik litseyda 600 dan ziyod o‘quvchi tahsil olmoqda, – deydi Andijon mashinasozlik institutining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bo‘yicha prorektori Akmaljon Ermatov. – Ularga muayyan mutaxassislik bo‘yicha puxta bilim berish, akademik litsey o‘quvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlashga qaratilgan ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda.

Tadbirda Prezidentimizning yuqorida zikr etilgan qarori mazmun-mohiyati, akademik litsey o‘quvchilarini oliy ta’lim muassasalariga tayyorlashning muhim yo‘nalishlari va tashkiliy normativ asoslari xususida ishtirokchilarga ma’lumot berildi. Bu borada olib borilayotgan ishlar, ularning samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

– Bugun institutda farzandlarimizni oliy o‘quv yurtiga tayyorlash borasida ibratli ishlar olib borilayotganiga guvoh bo‘ldik, – deydi tadbir ishtirokchisi Tolibjon Toshtemirov. – Yosh avlod taqdiri, ularning har jihatdan yetuk va barkamol voyaga yetishi uchun ko‘rsatilayotgan bunday e’tibordan mamnunmiz.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Institutda o‘quvchi-yoshlarni oliy o‘quv yurtiga tayyorlash borasida ibratli ishlar olib borilmoqda