Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.03.2017 11:46 Chop etish versiyasi

Eng namunali sardorlar kengashi

Eng namunali sardorlar kengashi Navoiyda “Eng namunali sardorlar kengashi” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan tashkil etilgan tanlovda mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, tashabbus va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

“Kamalak” bolalar tashkiloti umumta’lim maktablari o‘quvchilarini ezgu g‘oyalar atrofida birlashtirish, maktablarda sardorlar kengashi faoliyati samaradorligini yuksaltirishda tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Ayniqsa, mazkur tanlov sardorlar kengashi a’zolarining tajriba almashishi, yetakchilik va tashabbuskorlik qobiliyatini namoyon etishi, erishgan yutuq va tajribalarini ommalashtirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Tanlovda Navoiy shahridagi 16-umumta’lim maktabi sardorlar kengashi birinchi o‘rinni egallab, mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Zarafshon shahridagi 2- va Nurota tumanidagi 55-umumta’lim maktablari sardorlar kengashiga nasib etdi.

Tadbir doirasida tuman va shaharlar sardorlar kengashi a’zolari uchun “Birlashib, biz katta kuchmiz!” shiori ostida o‘quv-seminari tashkil etildi.

Nuriddin Rahimov, Siroj Aslonov (surat), O‘zA
272






Все о погоде - Pogoda.uz