Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.04.2017 15:59 Chop etish versiyasi

“Do‘stlik” – tanlov g‘olibi

Farg‘onada “Kamalak" bilimdonlari” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida navqiron avlodning tashabbus va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Mamlakatimizda yoshlarning jismonan va ma’nan barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi yo‘lida barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. O‘z safida 216 mingdan ziyod o‘quvchi-yoshlarni birlashtirgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Farg‘ona viloyati kengashi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti ham bu ishlarga munosib hissa qo‘shmoqda.

Tashkilotning umumta’lim maktablaridagi tuzilmalari bolalarning bilimga bo‘lgan intilishini kuchaytirish, ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligini oshirish, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratmoqda.

Tanlovda jamoalar tanishuv, sahna ko‘rinishi, savol-javob, ijtimoiy loyiha kabi yo‘nalishlarda bilim va mahoratini namoyish etdi. Buvayda tumanidagi 3-umumta’lim maktabining “Do‘stlik” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA
214






Все о погоде - Pogoda.uz