Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.03.2017 17:14 Chop etish versiyasi

Dilbar navolar ijrochisi

Dilbar navolar ijrochisi Qarshi san’at kollejida chang cholg‘usi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan Gavhar Boymurodova ijrosidagi dilbar navolar san’at muxlislari va mutaxassislar tomonidan munosib e’tirof etiladi.

– Gavhar changchiga xos nozik musiqiy qobiliyatga ega, – deydi kollejning chang cholg‘usi bo‘yicha o‘qituvchisi Zebo Mirzayeva. – Iste’dodi va o‘z ustida tinimsiz ishlashi tufayli u ko‘plab nufuzli tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. 2016-yil “Navro‘z sadolari” milliy cholg‘u ansambl va orkestrlar festivali hamda “Ona yurt ohanglari” II xalqaro musiqa tanlovida sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA
3 556






Все о погоде - Pogoda.uz