O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi tomonidan «Ixtisoslashtirilgan o‘quv muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashning samarali mexanizmlari» mavzuida tashkil etilgan seminarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari direktorlari, tajribali o‘qituvchilar ana shu tajriba bilan yaqindan tanishdi.

Odatda dars va darsdan keyin ham maktablar gavjum bo‘ladi. Chunki o‘quv mashg‘ulotlari to‘garaklarga ulanib ketadi. Ammo ta’tildachi? Bu vaqtda ota-onasi ishlaydigan aksariyat bolalar uyda nazoratsiz qoladi, ko‘p hollarda ko‘chaga chiqadi. Eshik ortida uni nimalar kutmaydi deysiz...

Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 300-davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi bu muammoning samarali yechimini topgan. Gap shundaki ta’lim maskanida «Kichik akademiya» deb nomlangan iqtidorli o‘quvchilar uyushmasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ta’til vaqtida ham o‘quvchilar maktabdan arimaydi. Hatto tushdan keyin kelsangiz, o‘quv-mashg‘ulot xonalari, kutubxona, ustaxona, laboratoriya, sport zalida tajribali pedagoglar, malakali mutaxassislar, sport ustalari o‘tkazayotgan qizg‘in mashg‘ulotlarga guvoh bo‘lasiz.

21.JPG

Seminarda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, pedagoglarning kasb mahoratini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish, tayanch maktablari tashkil etish kabi ustuvor vazifalar muhokama etildi.

32.JPG

Qayd etilganidek, bugungi kunda vazirlik tomonidan ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalar tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida mamlakatimizda 9-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabida aniq va tabiiy, ijtimoiy fanlar, xorijiy tillar, filologiya yo‘nalishlarida 100 dan ortiq ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etildi.

Seminar doirasida 300-davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi iqtidorli o‘quvchilarining ilmiy-amaliy hisobot festivali o‘tkazildi. Undagi kuy-qo‘shiqlar, raqslar guldastasiga ijodiy ishlar ko‘rgazmasi alohida mazmun bag‘ishladi.

Ko‘rgazmada tabiat manzaralari, ko‘hna obidalarimiz tushirilgan rasmlar, milliy va zamonaviy dizayndagi liboslar, bejirim to‘qilgan buyumlar, ko‘plab qiziqarli qurilmalar o‘rin olgan. Maktab o‘quvchilarining she’r va hikoyalari chop etilgan matbuot nashrlarini varaqlay turib, adabiyotimizga yangi iste’dodlar kirib kelayotganini anglaysiz.

16.JPG

– «Kichik akademiya»mizning vazifasi o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidori va qiziqishlarini erta aniqlab, ilmiy-ijodiy salohiyatini kuchaytirish, kitobxonlikni targ‘ib qilishdir, – deydi 300-davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘rinbosari M.Abdullayeva. – Uning tarkibida fan, hunar, sport, san’at, drama, «Yosh jurnalistlar», «Zulfiyaxonim qizlari», «Yosh kitobxonlar» kabi to‘garaklar ishlab turibdi. Mashg‘ulotlarni jonli va qiziqarli tashkil etishda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari, muzeylar, madaniyat maskanlari bilan hamkorlik qilmoqdamiz.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bola nazoratsiz qolmasligi kerak