O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi va Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘rtasida ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori S.Boboxo‘jayevning aytishicha, mazkur kelishuv har ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish, o‘quv, uslubiy va ilmiy ishlarni tashkil qilish hamda ta’lim yo‘nalishidagi boshqa masalalarda samarali hamkorlik qilish uchun sharoit yaratishga yo‘naltirilgan.

Ushbu hujjat doirasida o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, ma’ruza o‘qish va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun professor-o‘qituvchilar va ilmiy kadrlar almashinuvi amalga oshiriladi. Kelishuvda ta’lim jarayoniga ilg‘or o‘qitish uslublari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha eng yangi texnika va metodikalarni o‘zlashtirish, ilmiy kadrlar tayyorlashda o‘zaro yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi va Toshkent shahridagi Inha universiteti hamkorlikda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda ta’lim, ilm-fan sohasi hamda Qurolli Kuchlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirishga bag‘ishlangan suhbatlar, uchrashuv va seminarlar o‘tkazishni rejalashtirgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitim: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi va Toshkent shahridagi Inha universiteti