Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida navbatdagi bitiruvchilarga diplom va ko‘krak nishonini topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, bitiruvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etgan tadbirda sarhadlarimiz daxlsizligi va xalqimiz tinchligini ta’minlashga qodir milliy armiyamizni shakllantirish, malakali harbiy kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Ishtirokchilar bitiruvchi yoshlarga harbiy xizmatda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

– Bugun orzuim ushaldi, ofitser bo‘ldim, – deydi bitiruvchi Abduvohid Abdunazarov. – Diplomni qo‘lga olar ekanman, Vatan himoyachisi bo‘lishdek sharafli va mas’uliyatli vazifani zimmamga olganimdan cheksiz g‘urur tuydim. Qo‘lga kiritgan yutuqlarimga ota-onam bergan tarbiya, ustozlardan olgan bilim tufayli erishdim. Bilim yurtida o‘rganganlarimni xizmat davomida qo‘llab, mustaqilligimizni yanada mustahkamlash yo‘lida astoydil xizmat qilishga va’da beraman.

Tadbirda namoyish etilgan kursantlarning ko‘rgazmali chiqishi hamda san’atkorlar ijrosidagi konsert yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bilim yurtida navbatdagi bitiruvchilarga diplom va ko‘krak nishoni topshirildi