O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

f a r m o n i

Keyingi yillarda respublikada mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini takomillashtirish borasida ularning aholi va tadbirkorlik subyektlarining dolzarb muammolarini o‘z vaqtida va samarali hal etishdagi mustaqilligi va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan sezilarli ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahridagi ishlarning haqiqiy ahvolini o‘rganish ishbilarmonlik faolligining o‘sishiga, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga investitsiyalarni jalb etishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolar va kamchiliklar mavjudligidan dalolat bermoqda.

Toshkent shahrida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq:

1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5495-son Farmoniga muvofiq:

a) 2018 yil 1 oktyabrdan investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berishning quyidagi yangi mexanizmlari joriy etilmoqda:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini 50 yilgacha muddatga, lekin arizada ko‘rsatilganidan kam bo‘lmagan muddatga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uzoq muddatli ijaraga berish;

ko‘chmas mulk obyektlarini (mehmonxonalar, savdo obyektlari, madaniy-ko‘ngilochar majmualar, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari, ta’lim va tibbiyot tashkilotlari, yo‘l infratuzilmasi va boshqalar) qurish uchun yer uchastkalariga doimiy egalik qilish huquqini auksion orqali sotish;

b) quyidagilarga:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tuman (shahar) hokimlariga chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini 50 yilgacha muddatga, lekin arizada ko‘rsatilganidan kam bo‘lmagan muddatga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uzoq muddatli ijaraga berish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida va tartibda 10 million AQSH dollaridan ko‘p bo‘lmagan ekvivalentda chet el investitsiyasi ulushi bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda chet el investorlari bilan investitsiya shartnomalarini tuzish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga umumiy maydoni 2000 kvadrat metrdan ortiq, lekin 5000 kvadrat metrdan ko‘p bo‘lmagan foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 iyundagi “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3067-son qarorining 1 va 2-ilovalarida ko‘rsatilgan obyektlar bundan mustasno) investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqi berildi.

2. Vazirlar Mahkamasi va Toshkent shahar hokimligining 2018 yil 15 avgustdan 2019 yil 15 avgustgacha Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi eksperiment (keyingi o‘rinlarda eksperiment deb yuritiladi) o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:

investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar yakunlari bo‘yicha investitsiya shartnomalarini tuzish orqali Toshkent shahar hokimining qarori asosida soddalashtirilgan tartibda investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy egalik, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini taqdim etish imkoniyati;

investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar yakunlari bo‘yicha investitsiya kelishuvi asosida Toshkent shahar hokimining qarori bilan davlat mulki obyektlarini, shu jumladan, foydalanilmayotgan obyektlarni ularning maydoni hajmidan qat’i nazar berish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari bilan davlat-xususiy sheriklikni joriy etish nazarda tutilgan sohalardagi obyektlar bundan mustasno;

Toshkent shahar hokimining qarori bilan kichik sanoat zonalaridireksiyasi funksiyalarini ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida xususiy boshqaruvchi tashkilotlarga berish;

Toshkent shahar hokimining qaroriga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlarining bozorlar va savdo komplekslari ustav kapitali (fondi)dagi ulushlarini ularning balans qiymati va xodimlari sonidan qat’i nazar, xususiy tadbirkorlik subyektlariga faoliyat yo‘nalishini saqlab qolish, investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar olish sharti bilan berish, shuningdek, bozorlar va savdo komplekslarining ijro etuvchi organi funksiyalarini shartnoma asosida xususiy boshqaruvchi tashkilotlarga biznesni tashkil etish va yuritish uchun berish. Bunda har bir tumanda mahalliy davlat hokimiyati organining ulushi bo‘lgan bitta mahalliy bozor saqlab qolinishi nazarda tutilsin;

Toshkent shahar hokimining qarori bilan davlat-xususiy sheriklik shartlarida avtomobil yo‘llari bo‘ylab pullik avtomobil to‘xtash joylarini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, xususiy investorlarni jalb qilgan holda ko‘p qavatli avtomobil saqlash joylarini qurish dasturlarini tasdiqlash;

eng yuqori ijara to‘lovlari va investitsiya majburiyatlarini taklif etgan, asosan yo‘l harakati sohasida innovatsiya loyihalarini amalga oshirishda tajribaga ega tadbirkorlik subyektlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan, shu jumladan, bozorlar va savdo komplekslariga tutash hududlarda joylashgan avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlarida 10 yilga qadar muddatga ijaraga berish.

3. Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash yuzasidan eksperiment o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda – Ishchi guruh) ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Ishchi guruh (A.N.Aripov) zimmasiga:

Toshkent shahar hokimining yer uchastkalari ajratish, davlat mulki obyektlarini realizatsiya qilish va ijaraga berish bo‘yicha qarorlarini qabul qilish uchun kichik sanoat zonalari direksiyasi funksiyalarini xususiy boshqaruvchi tashkilotlarga berish masalasini, shuningdek, amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya loyihalari ko‘rsatkichlari va davlat-xususiy sheriklikning asosiy shartlarini tezkorlik bilan kelishish va ma’qullash;

vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining eksperimentni o‘tkazish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy-texnik masalalarni hal qilishga amaliy ko‘maklashish bo‘yicha faoliyatining aniq muvofiqlashtirilishini ta’minlash, byurokratizm holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tezkor choralar ko‘rish;

eksperimentni sifatli tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish, eksperiment doirasidagi barcha masalalarni tezkor ko‘rib chiqish va ular yuzasidan kelishilgan qarorlar qabul qilish yuklansin.

4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq eksperiment doirasida:

Toshkent shahar hokimligi tomonidan har hafta investor kuni o‘tkaziladi, uning doirasida, qoida tariqasida, Ishchi guruh tomonidan tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, xorijiy investorlarning investitsiya shartnomalarini tuzish, ularga yer uchastkalari ajratish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun davlat mulki obyektlarini berish bo‘yicha investitsiya takliflari ko‘rib chiqiladi hamda tegishli ma’lumotlar Toshkent shahar hokimligining saytiga joylashtiriladi;

investitsiya faoliyatini olib borish uchun Toshkent shahar hokimining qaroriga ko‘ra yer uchastkalari berish investorga yer uchastkasini bir yilgacha muddatga (loyihaning murakkabligidan kelib chiqib uzaytirish imkoniyati bilan) dastlabki zaxiralash sharti bilan amalga oshiriladi, keyinchalik investitsiya shartnomasida ko‘rsatilgan shartlar investor tomonidan bajarilganidan so‘ng yer uchastkasiga egalik qilish va foydalanish huquqi rasmiylashtiriladi. Investor tomonidan zimmasiga olingan majburiyatlar investitsiya shartnomasida ko‘rsatilgan shartlar va muddatlarga muvofiq bajarilmaganda yer uchastkasini zaxiralash investorga kompensatsiya bermasdan va zararlar qoplanmasdan bekor qilinadi;

foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini o‘z balansida saqlovchilar tomonidan Toshkent shahar hokimligi so‘rov jo‘natgan vaqtdan keyin bir oy muddatda foydalanilmayotgan obyektdan samarali foydalanish, shu jumladan, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish obyektini tashkil etish, obyektni aniq ijaraga oluvchilarga berish, aniq investor (sherik)ni jalb etish choralari, shuningdek, foydalanilmayotgan obyekt faoliyatini tiklashning aniq muddatlari va moliyalashtirish manbalari nazarda tutilgan takliflarning taqdim etilmaganligi Toshkent shahri hokimining foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini investitsiya kelishuvi asosida realizatsiya qilish yoki berish to‘g‘risidagi qarorini qabul qilish uchun asos bo‘ladi;

keyinchalik Toshkent shahar hokimining yer uchastkalari taqdim etish, foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini realizatsiya qilish yoki berish masalalari bo‘yicha qarorini qabul qilish uchun ro‘yobga chiqarish taklif etilgan investitsiya loyihalarining ko‘rsatkichlarini Ishchi guruh tomonidan kelishish va ma’qullash o‘n ish kuni davomida amalga oshiriladi;

yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni yig‘ish, ko‘rib chiqish, vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish Toshkent shahar hokimligi tomonidan belgilangan tartibda o‘n ish kuni davomida, shu jumladan, elektron shaklda amalga oshiriladi;

Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashining vakolatlari Toshkent shahar hokimiga o‘tadi, u mazkur vakolatlarni kichik sanoat zonalari direksiyalariga qisman yoki to‘liq berishi mumkin;

muayyan investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish maydonchasidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish Toshkent shahar hokimligi mahalliy byudjeti mablag‘lari va boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.

5. Belgilab qo‘yilsinki, 2018 yil 1 oktyabrdan:

avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan qat’iy belgilangan soliq to‘lash tartibi bekor qilinadi, ular O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda yagona soliq to‘lovi yoki boshqa umumbelgilangan soliqlar to‘lashga o‘tkaziladi;

avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmatlari, joylashuvidan qat’i nazar, yuridik shaxslar tomonidan avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari soliq organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish imkonini beradigan videokuzatuv va avtomototransport vositalari kirish va chiqish vaqtini qayd etish tizimi bilan jihozlanganda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning tushumlari to‘liqligi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin.

6. Toshkent shahar hokimiga xorijiy investor tomonidan qonun hujjatlarida belgilanganidan qo‘shimcha soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalarini berish talabi qo‘yilmagan taqdirda 10 million AQSH dollaridan ortiq ekvivalentda chet el investitsiyasi ulushi bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda chet el investorlari bilan investitsiya shartnomalarini tuzish huquqi berilsin.

7. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK “SAR” aviakompaniyasining Toshkent shahar, Sergeli tumani, Rayhon ko‘chasida joylashgan binolari, inshootlari va boshqa infratuzilmasini ularga tutash 101,64 gektar maydon bilan birgalikda keyinchalik topshirilayotgan obyektlar negizida “Industrial park” kichik sanoat zonasini tashkil etish sharti bilan qabul qilish va topshirish dalolatnomalari asosida Toshkent shahar hokimligiga beg‘araz berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.

8. Toshkent shahar hokimligi:

a) biznes yuritish uchun eng maqbul shart-sharoitlar va qulay investitsiya muhitini yaratish, tumanlar kesimida Toshkent shahrining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, shuningdek, iqtisodiy o‘sish va aholi turmush darajasini oshirishni ta’minlash uchun zarur tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tumanlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda:

tegishli hududlarda mavjud imkoniyat va sharoitlarni aks ettirishni nazarda tutadigan Toshkent shahri va tumanlarning investitsiya pasportlarini;

investitsiya jarayonlarini boshqarishning asosiy maqsadlarini, ustuvor tarmoqlarni rivojlantirish choralarini, madaniy va ijtimoiy obyektlar hamda atrof-muhitning qulay ekologik holatini saqlash bilan bog‘liq cheklovlarni belgilaydigan Toshkent shahrida hududlar kesimida investitsiya muhitini rivojlantirish konsepsiyasini, shuningdek, konsepsiyaning natijadorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni;

mas’ul shaxslar va moliyalashtirish manbalarini belgilagan holda investorlarni aeroportlar, vokzallar, tashrif buyurish obyektlarida kutib olish, kuzatish va ularga xizmat ko‘rsatish, ularni zarur transport va texnika vositalari bilan ta’minlash tartibini ishlab chiqsin;

b) Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Toshkent shahrida kichik sanoat zonalari faoliyatini jadallashtirish, bo‘sh turgan yer uchastkalaridan maqbul tarzda foydalanish, ular negizida kichik sanoat zonalarini tashkil etish bo‘yicha, zarur hollarda Toshkent viloyatining Toshkent shahri Olmazor, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlariga tutash hududlarida Toshkent shahrining yangi kichik sanoat zonalarini tashkil etish uchun har birining maydoni 20 gektardan kam bo‘lmagan yer uchastkalari ajratishni nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

v) bir oy muddatda Toshkent shahar va tumanlari hokimlarining, shuningdek, ular o‘rinbosarlarining salohiyatli investorlarni jalb etish, xorijiy hamkorlarga investitsiya salohiyati va biznes yuritish shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetkazish uchun uchrashuv va muzokaralar, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarga safarlarning kalendar rejasini ishlab chiqsin.

9. Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.A.Artikxodjayev zimmasiga:

investitsiya loyihalarining tashabbuskorlari tomonidan shaharsozlik reglamentlari va qurilish-montaj ishlarining sifati bo‘yicha talablarga rioya etilishi;

yuklatilgan vazifa va funksiyalarni so‘zsiz, o‘z vaqtida va sifatli bajarish, investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlarining muammolarini hal qilish, bunda investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning natijadorligiga o‘z faoliyatida alohida e’tibor qaratish, xolislik va ochiqlik prinsiplariga rioya etish, shuningdek, Toshkent shahri aholisi manfaatlarini hisobga olish;

eksperiment doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida yuzaga kelayotgan davlat majburiyatlarini moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlash;

ushbu Farmonning 8-bandiga muvofiq amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi;

Toshkent shahrining eski shahar qismi, madaniy meros obyektlari va atrof-muhit qulay ekologik holatining saqlanishi, aholi hayot darajasi va sifatini oshirish, manzarali daraxtlar va gullar ekkan holda yashil hududlar barpo etish, daraxtlar va o‘simliklarning noqonuniy kesilishdan himoya qilish;

ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan va turli qonunbuzarliklar (daraxtlarning noqonuniy kesilishi, madaniy meros obyektlariga zarar yetkazish va boshqalar) bilan bog‘liq fuqarolar murojaatlari va shikoyatlari bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish yuzasidan mas’uliyat yuklansin.

10. Ishchi guruh (A.N.Aripov, S.R.Xolmuradov) Ishchi guruh kun tartibiga kiritilayotgan masalalarning tezkor ko‘rib chiqilishini, shuningdek, yuklatilgan vazifa va funksiyalarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin.

11. Vazirlik va idoralar rahbarlariga Toshkent shahar hokimligi va investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda turar joy zonasida joylashgan obyektlarni qayta ixtisoslashtirishga ruxsat berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin, bunda uy-joy va mehmonxona xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim obyektlarini, bolalar muassasalari va boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurishning o‘ziga xos xususiyatlari va zarurati hisobga olinsin.

13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati:

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda eksperimentning amalga oshirilishi ustidan ta’sirchan nazorat va monitoring o‘rnatsin;

Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda eksperiment natijalari yuzasidan ushbu Farmonning amal qilishini respublikaning boshqa hududlariga tatbiq etish bo‘yicha takliflar kiritsin.

Toshkent shahar hokimligi har oyda ushbu Farmonga muvofiq amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.

14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Toshkent shahar va tumanlar xalq deputatlari Kengashlariga Toshkent shahri va tumanlari ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan samarali deputatlik nazoratini tashkil etish va amalga oshirishda ko‘maklashish tavsiya qilinsin.

15. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari ushbu Farmonning qoidalari, mavjud imkoniyatlar, investitsiya kelishuvlarini amalga oshirish natijalari va davlat-xususiy sheriklikning afzalliklari keng yoritilishini ta’minlasin.

16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M.Mavlonov va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.A.Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                      Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,
2018 yil 15 avgust

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida