O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish, tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarning eksport hajmlari va turlarini ko‘paytirish, tadbirkorlik subyektlarining raqobatbardoshligini oshirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida:

1. 2017-yil 1-dekabrdan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:

a) xizmatlarni (ishlarni) eksport qilish operatsiyalari bo‘yicha –bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi imzolangan sanadan boshlab, tovarlarni eksport qilish operatsiyalari bo‘yicha esa – bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil bo‘lishini hisoblashning yagona muddati 120 kun etib belgilanadi, quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari – muassislar tomonidan chet eldagi tashkilotlariga (savdo uylari, savdo vakolatxonalari, shu’ba korxonalari, firma do‘konlari, dilerlik tarmoqlari va konsignatsiya omborlariga);

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining a’zolari tomonidan – Palataning savdo-investitsiya uylariga olib chiqib ketiladigan tovarlar bundan mustasno;

b) tadbirkorlik subyektlariga tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini oldindan to‘lov, ochilgan akkreditiv, rasmiylashtirilgan bank kafolati va eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish bo‘yicha polis mavjud bo‘lmasdan xorijiy valyutaga eksport qilish huquqi beriladi, yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari va ushbu qarorga ilovada ko‘rsatilgan tovarlar (keyingi o‘rinlarda xomashyo tovarlari deb ataladi) bundan mustasno.

Bunda eksportga bojxona rasmiylashtiruvi, Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda TSOYaEA tizimi deb ataladi) hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotnomasiz amalga oshiriladi, ushbu qarorga ilovada ko‘rsatilgan xomashyo tovarlari, shuningdek, invoys asosida eksport qilinadigan tovarlar bundan mustasno.

Belgilansinki, tovarlar, ishlar va xizmatlar eksporti faqat oldin amalga oshirilgan eksport operatsiyalari bo‘yicha tadbirkorlik subyektida muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlik mavjud bo‘lmaganda ushbu kichik band shartlariga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Bunda eksport qiluvchilarga tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini oldindan to‘lov, ochilgan akkreditiv, shuningdek, xaridor banklarining kafolati yoki eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish bo‘yicha polis mavjud bo‘lishi shartlarida eksport qilish huquqi saqlanadi.

Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil bo‘lganligi uchun bevosita tadbirkorlik subyektlari javob beradilar;

v) import operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil bo‘lganligi uchun import qiluvchilarga nisbatan eksport operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlikka yo‘l qo‘ygan eksport qiluvchilar uchun nazarda tutilgan javobgarlik choralari qo‘llaniladi;

g) yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) ta’siri yuzaga kelgan holatda xorijiy valyutadagi tushumning tushishi muddati ushbu ta’sir yuz bergan davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan, yengib bo‘lmaydigan kuchning amal qilishi davriga uzaytiriladi;

d) tovarlar, ishlar va xizmatlar eksport qiluvchining hisobraqamiga eksport kontraktini sug‘urtalash polisi bo‘yicha sug‘urta qoplamasi summasi (milliy va/yoki xorijiy valyutalarda) tushganda, ushbu eksport kontrakti bo‘yicha debitor qarzdorlik summasi moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash maqsadlari uchun sug‘urta qoplamasi summasiga kamaytiriladi;

ye) bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanilgan holda O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash uchun import qiluvchilar tomonidan eksport bojxona yuk deklaratsiyasi majburiy taqdim etilishi bo‘yicha talab bekor qilinadi;

j) “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimi ostidagi tovarlarni qayta eksport qilishga davlat bojxona xizmatlari organlari tomonidan ruxsatnoma berilishi bo‘yicha talab bekor qilinadi.

2. 2017-yil 1-dekabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlariga tovarlarni (maxsus tovarlardan tashqari), ishlar va xizmatlarni eksport kontrakti tuzmasdan, invoyslar asosida, eksport qiluvchilarning O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi hisobraqamlariga oldindan to‘lov 100 foiz tushgandan so‘ng va TSOYaEA tizimiga ma’lumotlarni kiritish sharti bilan eksport qilish huquqi berilsin.

Bunda yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz mahsulotlari, dukkaklilar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni eksport qilishga qonun hujjatlariga muvofiq alohida talablar belgilanadi.

3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi:

eksport qilinadigan tovarlarning asosiy turlari bo‘yicha tashqi bozorlarning joriy va istiqbolli kon’yunkturasiga doir doimiy ravishda chuqur marketing tadqiqotlari o‘tkazilishini;

tadbirkorlik subyektlarining eksport qilinadigan mahsulotlari turlarini kengaytirish uchun yangi salohiyatli imkoniyatlar aniqlanishini ta’minlasinlar.

4. 2018 yil 1 yanvardan boshlab TSOYaEA tizimini texnik qo‘llab-quvvatlash va undan foydalanish bo‘yicha vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy bank va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2018 yil 1 yanvarga qadar TSOYaEA tizimi, uning texnik hujjatlari va ma’lumotlarni qayta ishlashda foydalaniladigan dasturiy vositalarning birlamchi kodlari bilan birgalikda qabul qilinishini – berilishini ta’minlasin.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi TSOYaEA tizimi ishini takomillashtirish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillaridan iborat ishchi guruh tuzsin, unga 2018-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda eksport va import qiluvchilar tomonidan ma’lumotlar TSOYaEA tizimiga kiritilishi tartibini soddalashtirish vazifalarini yuklasin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, "O‘zstandart" agentligi va "O‘zbekekspertiza" aksiyadorlik jamiyati eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishni tezlashtirish, tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi samaradorligini oshirish maqsadida berilgan sertifikatlar va ruxsat berish tusidagi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar "Yagona darcha" unifikatsiyalashtirilgan bojxona axborot tizimiga o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilishini ta’minlasinlar.

6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rgazma tadbirlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan tovarlarni (mahsulotlarni) olib chiqib ketish tartibini soddalashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin;

ikki oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqib qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

ushbu qaror bilan kiritilgan normalarning samaradorligi monitoringi doimiy ravishda olib borilishini ta’minlasin va, zarurat bo‘lganda, qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S.Otajonov, O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri E.M.G‘aniyev, Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.R.Parpiyev va Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.V.Tohiriy zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017-yil 3-noyabr

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida