O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini takomillashtirish, yoshlarga zamonaviy talablar asosida ta’lim berish bugungi kunning asosiy masalalaridan biridir. Bu borada oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini adolatli, xolis va shaffof o‘tkazish orqali puxta bilimli yoshlarning o‘qishga qabul qilinishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Lekin bugungi kunda test sinovlari orqali oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda bir qator kamchiliklar mavjud. Jumladan, keyingi yillarda test sinovlarini o‘tkazish tartib-qoidalari, test sinovlari natijalarini e’lon qilish va uni takomillashtirish borasidagi olib borilayotgan ishlar bugungi kun talablariga to‘liq javob bera olmayapti. Bu hol manfaatdor jamoatchilikning, ayniqsa, ota-onalarning test sinovlarini o‘tkazish jarayonlariga haqli ravishdagi e’tirozlarini keltirib chiqarmoqda va har yili ularning ushbu masala yuzasidan qariyb 4 mingdan ziyod asosli murojaatlari kelib tushmoqda.

Ta’kidlash joizki, kirish test sinovlari topshiriqlari va uni o‘tkazish talablari qobiliyatli yoshlarni oliy ta’limga qabul qilish mezonlariga to‘la javob bermaydi. Ayniqsa, ijodkorlik va individual mahoratni talab etadigan madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, san’atshunoslik, musiqiy ta’lim, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga iqtidorli yoshlar o‘rniga, ushbu sohalarda yetarli iqtidorga ega bo‘lmagan yoshlar test sinovlari orqali o‘qishga qabul qilinmoqda.

Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlarini o‘tkazishning moddiy-texnik ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni ham butunlay qaytadan ko‘rib chiqish taqozo etilmoqda. Zero, bugungi kunda test sinovlari natijalari 2000 yilda xarid qilingan 4 ta optik skaner orqali chiqarilishi, test materiallarini chop etishga mo‘ljallangan ofis texnikasi (printer va kompyuterlar) ma’naviy va jismoniy jihatdan eskirib ketganligi oqibatida test sinovlari natijalari qariyb 15-20 kunga cho‘zilib e’lon qilinishi bugungi kun talablariga javob bermaydi.

Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan kirish test sinovlarini takomillashtirish, uning adolatli, xolis va shaffof o‘tkazilishini tashkil etish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda Davlat test markazi deb ataladi)ning oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish (keyingi o‘rinlarda oliy ta’lim muassasasiga qabul qilish deb ataladi) bo‘yicha kirish test sinovlarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullansin:

2018/2019-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasasiga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlarini 1-avgustdan 15-avgustgacha bo‘lgan davrda o‘tkazish;

kirish test sinovlari natijalarini test o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilish;

abituriyentdan alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, san’atshunoslik, musiqiy ta’lim, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishni kirish test sinovlarisiz, ijodiy imtihonlar orqali amalga oshirish.

2. Davlat test markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlari Toshkent shahrida “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilonlari hamda uning hududida o‘rnatiladigan qo‘shimcha yig‘ma pavilonlarda, shuningdek, katta sig‘imdagi boshqa binolarda, viloyat markazlaridagi Olimpiya zaxiralari kollejlari yoki boshqa tashkilotlarning katta sig‘imdagi binolarida o‘tkazilishini, test jarayonining maksimal darajada oshkora va shaffofligini ta’minlab, videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan abituriyentlar ota-onalarining kirish test sinovlarini onlayn rejimida kuzatib borishlariga imkoniyat yaratilishini ta’minlasinlar.

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:

test sinovlari o‘tkaziladigan bino va pavilonlarni zarur mebellar (stol, stul, doska va boshqa zarur vositalar) bilan jihozlanishini;

Davlat test markazining hududiy vakillari uchun zarur moddiy-texnik vositalar bilan to‘liq jihozlangan alohida xona ajratilishini;

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda katta sig‘imdagi binolarni test sinovi jarayonini videokuzatuvlar orqali onlayn tizimida ko‘rsatib o‘tkazish uchun zarur moddiy-texnik vositalar bilan to‘liq jihozlanishini ta’minlasinlar.

4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

test materiallarini tayyorlash va test sinovlari natijalari o‘z vaqtida e’lon qilinishini ta’minlash maqsadida Davlat test markaziga zamonaviy moddiy-texnik vositalar va jihozlar xarid qilish uchun 2018-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin;

Davlat test markazining byudjetdan tashqari mablag‘lari hamda oliy ta’lim muassasalarining oshirilgan to‘lov-kontrakt tushumlari (5 foizgacha miqdorda) hisobiga bir oy muddatda Davlat test markazi huzurida Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etsin. Bunda Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlar uchun foydalanilishi belgilab qo‘yilsin:

Davlat test markazining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;

xorijiy davlatlarning o‘quv va ilmiy muassasalarida Davlat test markazi xodimlarining malakasini oshirish;

Davlat test markazi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish.

5. Davlat test markazi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat test markazi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va uning O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi respublikada amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan “Xavfsiz shahar” tizimini yaratish dasturi doirasida test sinovlari jarayonini yoritish maqsadida shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya qurilmalari, metallodetektorlar, monitorlar va yig‘ma pavilonlarni xarid qilsin hamda ularni davlat mulki sifatida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilishini ta’minlasin.

7. Davlat test markazi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda test sinovlarini o‘tkazish jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyatini yanada oshirish va ularning javobgarligini belgilash bo‘yicha qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur qarorda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda Davlat test markazining xodimlarning cheklangan soni 150 nafar bo‘lgan yangilangan tuzilmasini tasdiqlash va uning faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi Hukumat qarorini bir oy muddatda qabul qilsin.

9. Davlat test markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N.Yunusxodjayev va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M.Karimov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017-yil 16-noyabr

* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga
SHARH

So‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalariga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar soni keskin ortib bormoqda. Yildan-yilga o‘sish o‘rtacha 10 foizni tashkil etib, xususan, 2016-yilda 663 ming, 2017-yilda 729 ming nafardan ziyod abituriyent oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan. Tahlillarga ko‘ra, 2018-yilda oliy ta’lim muassasalariga 810 mingdan ortiq abituriyentning hujjat topshirishi kutilmoqda.

Abituriyentlar sonining keskin o‘sishi mos ravishda auditoriya nazoratchilari sonining va test materiallari hajmining ortib borishiga hamda test sinovlarini o‘tkazishga salbiy ta’sir ko‘rsatib, qator muammolarni yuzaga keltirgan. Jumladan, auditoriya nazoratchilarining test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha yetarli amaliy ko‘nikmalarga ega emasligi hamda ularning javobgarlik darajalari aniq belgilanmagani, test sinovlari uchun tanlangan bino va auditoriyalarning jihozlanishi mavjud talablarga javob bermasligi, binolarning oliy ta’lim muassasalari bosh shtabidan uzoq masofada va tarqoq joylashgani, binolarning shaxsni aniqlovchi foto va video qurilmalari, test sinovlarida foydalanishi man etilgan vositalarni aniqlovchi zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlanmaganligi, auditoriyalarda videokuzatuv kameralarining mavjud emasligi test sinovlarini o‘tkazish jarayonining shaffofligini ta’minlash va uni nazorat qilish sifatining tushib ketishiga olib kelgan.

Bundan tashqari, test sinovlarini o‘tkazishning amalda bo‘lgan tartibi test natijalarini qisqa muddatda hisoblab chiqarish imkonini bermagan.

Yuqorida qayd etilgan muammo va kamchiliklar oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarining adolatli, xolis va shaffof o‘tkazilishini yetarli darajada ta’minlash imkonini bermagan va oqibatda abituriyentlar hamda ularning ota-onalari e’tirozlariga sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlarini takomillashtirish, uning adolatli, xolis va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori qabul qilinishi yuqorida qayd etib o‘tilgan muammolarning o‘z yechimini topishi uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu qarorga ko‘ra, 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 1-avgustdan 15-avgustgacha bo‘lgan davrda o‘tkazilishi va test sinovlari natijalari test o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi belgilandi.

Shuningdek, ushbu hujjatda abituriyentdan alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, san’atshunoslik, musiqiy ta’lim, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish test sinovlarisiz, ijodiy imtihonlar orqali amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Qarorning yana bir muhim jihati shundaki, 2017/2018-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlari Toshkent shahrida “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilonlarida hamda uning hududida qo‘shimcha yig‘ma pavilonlar o‘rnatilib, ulardan samarali foydalangan holda, shuningdek, katta sig‘imdagi boshqa binolarda, viloyat markazlarida esa Olimpiya zaxiralari kollejlari yoki joylardagi boshqa muassasalarning katta sig‘imdagi binolarida, test jarayonining oshkora va shaffofligini ta’minlagan holda, videokuzatuvlar orqali onlayn tizimda jamoatchilikka, shu jumladan, abituriyentlarning ota-onalariga ko‘rsatib o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi.

Test sinovlarini havfsiz o‘tkazish hamda test sinovlari jarayonida uchraydigan salbiy holatlarning oldini olish, test sinovlari jarayonini onlayn yoritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya qurilmalari, metallodetektorlar, monitorlar va yig‘ma pavilonlarni respublikada amalga oshirilayotgan “Xavfsiz shahar” tizimi doirasida xarid qilinishi va uni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilishini ta’minlash vazifasi belgilandi.

Shu bilan bir qatorda, qarorda Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Adliya vazirliklariga bir oy muddatda test sinovlarini o‘tkazish jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyatini yanada oshirish va ularning javobgarligini belgilash bo‘yicha qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish vazifasi topshirildi.

Test sinovlari jarayonlarini muntazam rivojlantirib borish, test topshiriqlarining sifatini oshirish, testologiya fani bo‘yicha xorijiy davlatlarning tajribasini o‘rganish hamda ularni amalda tatbiq etish maqsadida ilg‘or xorijiy o‘quv va ilmiy muassasalarda mutaxassislar malakasini doimiy oshirib borish ham qarorda o‘z aksini topgan.

Qarorda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida sifatli bajarishni ta’minlash maqsadida Davlat test markazining byudjetdan tashqari mablag‘lari hamda oliy ta’lim muassasalarining oshirilgan to‘lov-kontrakt tushumlari (5 foizgacha miqdorda) hisobidan Davlat test markazi huzurida “Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi”ni tashkil etilishi ham belgilab qo‘yilgan.

Mazkur jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlar uchun foydalanilishi nazarda tutilgan:

Bir so‘z bilan aytganda, ushbu qarorda belgilab berilgan maqsad va vazifalar oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarining adolatli, xolis va shaffof o‘tishini ta’minlashga xizmat qiladi hamda oliy ta’lim muassasalariga o‘qish uchun bilimli, iqtidorli va munosib nomzodlarni tanlab olishga zamin yaratadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida