O‘zA O`zbek

05.04.2019 09:27 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga  o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida


Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 22 fevralda

qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda

ma’qullangan

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 598–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 5–6, 82-modda; 2003 yil, 
№ 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 12, 608-modda; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 
2011 yil, № 1, 1-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019 yil, № 1, 1-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 36-modda:

birinchi qismining 10, 11 va 12-bandlari quyidagi mazmundagi 10, 11, 12 va 13-bandlar bilan almashtirilsin:

«10) qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkasidan bir yil mobaynida va qishloq xo‘jaligi sohasiga taalluqli bo‘lmagan ehtiyojlar uchun berilgan yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida;

11) meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini beruvchi order kimoshdi savdosi asosida sotib olinganidan keyin yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida, yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi garovda bo‘lgan taqdirda esa – garov shartnomasi muddati mobaynida foydalanilmaganida. Foydalanilmayotgan yer uchastkalari ularning avvalgi egalari to‘lagan qiymat ushbu egalarga kompensatsiya qilingan holda olib qo‘yiladi;

12) fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashlari rayosatining qaroriga muvofiq fermer yoki dehqon xo‘jaligining O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zoligi tugatilganda;

13) yer uchastkasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda olib qo‘yilganda»;

to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 
1, 2, 3, 5–11-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda tugatish yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning taqdimnomasiga ko‘ra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishincha tumanlar, shaharlar, viloyatlar hokimlarining qarorlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi. Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 
12-bandida ko‘rsatilgan holda tugatish tegishli tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining taklifiga ko‘ra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tumanlar hokimlarining qarorlari bilan amalga oshiriladi. Yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalariga egalik qilish huquqini, yer uchastkalaridan doimiy yoki vaqtincha foydalanish huquqini tugatish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda ko‘rsatilgan mansabdor shaxslarning qarorlaridan norozi bo‘lgan taqdirda, ushbu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin»;

beshinchi qismidagi «1, 2, 6–10, 12» raqamlari «1, 2, 6–10, 12, 13» raqamlari bilan almashtirilsin;

2) 84-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:

«Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari dehqon xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan hamda tomorqa yerlardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shu jumladan yerlarga ishlov berilishining holati, urug‘lar, ko‘chatlar va daraxtlarning ekilishi, issiqxonalar qurilishi, chorva va parrandaning ko‘paytirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini hamda uylarni aylanib chiqish orqali muntazam ravishda monitoringni amalga oshiradi.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi a’zolari bo‘lgan fermer, dehqon xo‘jaliklariga hamda tomorqa yer egalariga tegishli yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanish zarurligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berishga haqli».

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi 602–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 26 avgustda qabul qilingan 
662–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004 yil, № 9, 162-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 3, 119-modda; 2007 yil, № 12, 608-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 12, 472-modda; 2011 yil, № 9, 248-modda; 2012 yil, № 9/1, 238-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 
2016 yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2018 yil, № 4, 224-modda, № 12, 
781-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 25-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Fermer xo‘jaliklarining O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zoligi majburiydir»;

2) 32-moddaning oltinchi xatboshisi «shuningdek O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zoligi tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari rayosatining qaroriga muvofiq tugatilishi munosabati bilan» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.

3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi 604–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 5–6, 88-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 5, 89-modda; 2003 yil, 
№ 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 5, 152-modda; 2007 yil, № 12, 608-modda; 2008 yil, № 12, 
640-modda; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2010 yil, № 9, 
334-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 
2016 yil, № 12, 383-modda; 2018 yil, № 12, 781-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 22-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Dehqon xo‘jaliklarining O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zoligi majburiydir»;

2) 25-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari dehqon xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanilishi, shu jumladan yerlarga ishlov berilishining holati, urug‘lar, ko‘chatlar va daraxtlarning ekilishi, issiqxonalar qurilishi, chorva va parrandaning ko‘paytirilishi yuzasidan uylarni aylanib chiqish orqali muntazam ravishda monitoring o‘tkazishga haqli».

4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan 713–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 1, 4-modda; 2001 yil, № 5, 
89-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 6, 260-modda; 
2007 yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 
2009 yil, № 12, 470-modda; 2011 yil, № 12/2, 365-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2016 yil, 
№ 4, 125-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda, № 10, 673, 676-moddalar; 
2019 yil, № 1, 1-modda) 32-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Turar joy mulkdorining oila a’zolari deb u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va ularning farzandlari tan olinadi. 
Er-xotinning ota-onasi, shuningdek mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan oilali farzandlari va ularning er-xotini, agar ular ilgari bu huquqqa ega bo‘lmagan bo‘lsa, faqat o‘zaro kelishuvga binoan mulkdorning oila a’zolari deb tan olinishi mumkin».

5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 4 aprelda qabul qilingan 353–II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 4–5, 63-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 7, 369-modda, № 10, 536-modda; 2011 yil, 
№ 1, 1-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda) 
53-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Yuridik va jismoniy shaxslarga qurilish uchun yer uchastkalari berilganda (realizatsiya qilinganda) tumanlarning, shaharlarning hokimlari qurilish mo‘ljallangan joyga tutash bo‘lgan umumiy foydalanishdagi hududni obodonlashtirish, shuningdek ob’ektlarning qurilish muddatlariga rioya etish talablarini belgilaydi. Ob’ektning qurilishi loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan muddatda tugallanmagan taqdirda, ushbu muddat loyiha-smeta hujjatlarida mavjud bo‘lmaganda esa, qurilish boshlangan sanadan e’tiboran ikki yil ichida tugallanmasa, ob’ektning qurilishi (bundan yakka tartibdagi uylarni qurish uchun berilgan yer uchastkalari mustasno) tugallanmagan deb hisoblanadi».

6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 22 iyulda qabul qilingan «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi O‘RQ–163-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 3 iyunda qabul qilingan O‘RQ–387-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015 yil, № 6, 227-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda; 2019 yil, № 1, 5-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 3-modda:

quyidagi mazmundagi yigirma birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

«xalqaro obligatsiya – sotiladigan emissiyaviy qimmatli qog‘oz bo‘lib, u emitent tomonidan chiqariladi va moliyaviy tashkilotlarning guruhi tomonidan joylashtiriladi, emitentning mamlakatidan tashqari bir yoki undan ko‘proq davlatda taklif etiladi, birlamchi ravishda (shu jumladan obuna bo‘yicha) faqat ushbu guruh orqali sotib olinadi»;

yigirma birinchi qirq oltinchi xatboshilari tegishincha yigirma ikkinchi qirq yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;

2) 15-modda:

ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi «qimmatli qog‘ozlarni» degan so‘zlardan keyin «bundan xalqaro obligatsiyalar mustasno» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

uchinchi qismidagi «qog‘ozlarning qiymati» degan so‘zlar «qog‘ozlarning qiymati, bundan xalqaro obligatsiyalar mustasno» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

3) 39-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining mutlaq vazifalari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish bo‘yicha vazifalari xalqaro obligatsiyalarga nisbatan tatbiq etilmaydi».

7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

8-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonunning 1-moddasi 1-bandining uchinchi xatboshisi, 
5-moddasi mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasining

Prezidenti                                 Sh. Mirziyoev


O'zA
3 641