Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.10.2017 18:36 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, madaniyat va san’at sohasi vakillari uchun har tomonlama qulay sharoit yaratish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahri, Taras Shevchenko ko‘chasi, 1-uy manzilda joylashgan bino va inshootlarni tegishli hududi bilan birgalikda (keyingi o‘rinlarda ob’ekt deb yuritiladi) operativ boshqarish huquqi asosida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga bepul berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.

2. Toshkent shahri hokimligi ob’ektni bir oy muddatda belgilangan tartibda topshirsin, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qabul qilib olsin hamda ob’ektni saqlash va undan samarali foydalanish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rsin.

3. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda “Asaka” aksiyadorlik tijorat bankini banklarga qo‘yiladigan talablarga javob beradigan binoga joylashtirsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-son qarori matnining 9-bandidagi “Mustaqillik maydoni, 5-uyda” so‘zlari “Taras Shevchenko ko‘chasi, 1-uyda” so‘zlari bilan almashtirilsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasini maqbullashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-son qarorining 8-bandi hamda unga 5-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Toshkent shahri hokimi R.J.Usmonov va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.S.Sayfullayev zimmasiga yuklansin.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                  Sh.MIRZIYOYEV


Toshkent shahri, 2017-yil 18-oktabr


3 359






Все о погоде - Pogoda.uz