O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Sog‘liqni saqlashni isloh qilish davlat dasturlari amalga oshirilishi natijasida yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishning prinsipial jihatdan yangi tizimi tashkil etildi. Respublikada ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, shu jumladan, xirurgiya, kardiologiya, ko‘z mikroxirurgiyasi, urologiya, akusherlik va ginekologiya, pediatriya, endokrinologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya, dermatologiya va venerologiya, ftiziatriya va pulmonologiya (keyingi o‘rinlarda – Respublika markazlari) sohasida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va yuqori malakali vrachlar bilan to‘ldirilgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Keyingi besh yilda Respublika markazlarida 150 mingdan ortiq operatsiyalar, shu jumladan, 80 mingdan ortiq yuqori texnologik operativ muolajalar bajarildi, davolashning murakkab va noyob uslublari amaliyotga joriy etildi.

Shu bilan birga, ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish asosan Toshkent shahrida jamlangan, bu respublika mintaqalari aholisining tegishli xizmatlardan foydalanishini cheklab qo‘ymoqda. Zamonaviy diagnostika va maxsus tibbiyot uskunalari bilan yetarlicha jihozlanmaganlik, zamonaviy uskunalarda ishlash uchun vrachlarning yetarlicha tayyorlanmaganligi tufayli yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning ayrim turlaridan respublika aholisi foydalana olmayapti.

Markazlar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari yetarlicha olib borilmasligi, ayniqsa, yuqumli kasalliklarning turli sohasida, shu jumladan, ijtimoiy xavfli, onkologik hamda kam tarqalgan kasalliklar sohasida eng xavfli va murakkab kasalliklar tarqalishi tendensiyasi va qonuniyatini o‘z vaqtida aniqlash imkonini bermaydi. Eng ko‘p tarqalgan kasalliklar profilaktikasi va ularni barvaqt aniqlashning sinovdan o‘tkazilgan ilg‘or xalqaro amaliyotini joriy etish darajasi pastligicha qolmoqda.

Xalqaro amaliyot bilan taqqoslaganda, respublikada nevrologiya, travmatologiya va ortopediya, neyroxirurgiya xizmatlarining, shu jumladan, bolalar kasalliklari sohasidagi salohiyati zaif rivojlangan.

Ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarning aniq tarif siyosati, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tarifi ishlab chiqilmagan.

Ixtisoslashtirilgan markazlar vrachlari malakasini oshirish tizimi tubdan takomillashtirishga muhtoj, yetakchi xorijiy ixtisoslashtirilgan klinikalar bilan hamkorlik qilish, shuningdek, tajriba almashish va xorijiy mutaxassislarni jalb etish zarur darajada amalga oshirilmayapti.

Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning zamonaviy talablarga javob beradigan samarali tizimini yanada shakllantirish, profilaktika va kasalliklarni barvaqt aniqlash choralarini takomillashtirish, aholiga, shu jumladan, mintaqalarda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishning natijadorligi, sifati va undan foydalanishni tubdan oshirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining:

aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi Respublika markazlarini davlat muassasalariga aylantirish 1-ilovaga muvofiq;

ayrim respublika davolash-profilaktika muassasalarini respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari etib qayta nomlash to‘g‘risidagi taklifi 2-ilovaga muvofiq qabul qilinsin.

2. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari 3-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning tegishli ixtisoslashgan yo‘nalishlari bo‘yicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlari etib belgilansin.

3. Respublika markazlariga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:

umuman respublikada va har bir mintaqada kasalliklar tendensiyasini o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlaydigan tahliliy va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, sog‘liqni saqlashning viloyat va tuman (shahar) tashkilotlari uchun profilaktik va davolash faoliyatining sxemalarini ishlab chiqish;

o‘z ixtisosligi bo‘yicha yagona metodik, texnologik, davolash va profilaktika siyosatini amalga oshirish, zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnologiyalarga, dori vositalari va tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, klinik protokollarni ishlab chiqish;

shu jumladan, tegishli tibbiyot hujjatlarini ishlab chiqish, axborot va tushuntirish materiallarini nashr etish orqali mintaqalarda zarur profilaktika ishlari olib borilishiga ko‘maklashish;

hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish, ularning amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini joriy etish;

sayyor konsultatsiyalar, mahorat darslarini, shuningdek, birinchi navbatda eng murakkab holatlarda hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarida operatsiyalarni muntazam ravishda o‘tkazib borish;

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bilan birgalikda muassasalarning o‘z tibbiyot xodimlari, ixtisoslashtirilgan hududiy tibbiyot tashkilotlarining tibbiyot xodimlari malakasini tizimli oshirish, shuningdek, klinik ordinaturada, bazaviy doktoranturada va doktoranturada tor mutaxassis kadrlarni tayyorlash;

etakchi xalqaro tibbiyot markazlari, klinikalar va yuqori malakali xorijiy mutaxassislar bilan, shu jumladan, konsultatsiyalar va mahorat darslari o‘tkazish uchun ularni respublikaga taklif etish orqali keng hamkorlikni tashkil etish, sog‘liqni saqlashning mahalliy mutaxassislari chet eldagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va klinikalarida tajriba orttirishiga ko‘maklashish.

Respublika markazlari filiallari, turdosh ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlari va hududiy tibbiyot ko‘p tarmoqli markazlarining ixtisoslashtirilgan bo‘limlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari kasalliklarning profilaktikasini va ularni barvaqt aniqlashni ta’minlaydilar, shuningdek, tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatadilar.

4. Quyidagilarni nazarda tutgan holda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi barcha darajalarda isloh qilinsin:

respublika darajasida – ixtisosli yo‘nalishlar bo‘yicha eng zamonaviy yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;

viloyat darajasida – ixtisosli yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;

tuman (shahar) darajasida – yangidan tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan turdosh bo‘limlar negizida ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;

birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish darajasida – maxsus tasdiqlangan jadval bo‘yicha tuman (shahar) va viloyat darajasidagi tashkilotlarning tor ixtisosli mutaxassislari tomonidan konsultatsiyalar berilishini, shuningdek, davolash va konsultativ-diagnostika yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning ayrim turlarini ko‘rsatish.

5. Aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sxemasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, ushbu Dasturda quyidagilar nazarda tutilsin:

aholining sifatli va samarali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlardan foydalanishini kengaytirishga yo‘naltirilgan huquqiy bazani takomillashtirish;

Respublika markazlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish;

ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tibbiyot tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;

aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish, profilaktika, diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini joriy etish.

7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

bir oy muddatda davolash va diagnostikaning yuqori texnologik usullarini joriy etish va mahalliy mutaxassislarni ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy texnologiyalariga o‘qitish uchun Respublika markazlariga taklif etiladigan Yetakchi xorijiy markazlar va klinikalarning yuqori malakali mutaxassislarining ikki tomonlama kelib-ketishini, yashashi va ovqatlanishiga haq to‘lash, mehnatiga tegishli haq to‘lash xarajatlarini qoplash tartibi va manbalari to‘g‘risidagi nizomni;

uch oy muddatda yuqori texnologik diagnostika va davolash xizmatlari ko‘rsatishning murakkabligidan, tig‘izligidan, hajmidan kelib chiqqan holda mehnatga haq to‘lash tizimiga tabaqalashtirilgan yondashishni joriy etish yo‘li bilan ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlarining tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini tasdiqlasin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda:

Respublika markazlari va ularning filiallarini, shuningdek, turdosh ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlari va hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining ixtisoslashtirilgan bo‘limlarini, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarini profilaktika, diagnostika va bemorlarni davolashning ixtisoslashtirilgan turlari bilan ta’minlash uchun tibbiyot uskunalari, instrumentlar bilan jihozlash standartlarini zamonaviy texnologiyalarni hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda moddiy-texnika bazani doimiy ravishda yangilash, dori vositalari va zarur sarflash materiallari, tibbiyot uskunalarini ehtiyot qismlar bilan ta’minlash uchun zarur bo‘lgan Respublika markazlarining rentabelligi darajasini ta’minlashni, shuningdek, xodimlar mehnatiga haq to‘lash shartlarini hisobga olgan holda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarga tariflarni shakllantirishning yangilangan umumiy qoidalari va metodikasini tasdiqlasin;

O‘zbekiston Respublikasining chet elga davolanish uchun jo‘nab ketayotgan fuqarolarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligining asoslangan buyurtmanomalari bo‘yicha kelgusi yilga respublika, viloyat va tuman darajalarida imtiyozli toifaga tegishli ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatish, shuningdek, servis xizmati ko‘rsatish, ta’mirlash, sarflash materiallari va yuqori texnologik uskunalar reaktivlari bilan ta’minlash uchun zarur hajmda byudjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:

2018-yil 1-yanvargacha Respublika markazlari bilan birgalikda tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamlardan foydalanishga, shu jumladan, imtiyozli toifalarni alohida hisobga olgan holda yuqori texnologik tibbiy yordamdan foydalanishga muhtoj bo‘lgan bemorlarning doimiy yangilanadigan yagona elektron bazasini tashkil etsin;

2019-yil 1-yanvargacha barcha ixtisoslashtirilgan markazlarda, viloyat filiallarida, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida vrach qabuliga masofadan turib yozilish imkonini beruvchi elektron dastur joriy etilishini ta’minlasin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yetakchi xorijiy klinikalar va markazlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha Respublika markazlariga doimiy asosda ko‘maklashsin.

11. 2022-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda:

aholiga pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi sog‘liqni saqlash davlat tizimining tibbiyot tashkilotlari (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno) soliqlarning barcha turlarini va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod etilsin, bo‘shaydigan mablag‘lar tibbiyot tashkilotlarini zamonaviy tibbiy, muhandislik-texnik uskunalar bilan jihozlashga va unga servis va texnik xizmat ko‘rsatishga, ehtiyot qismlar, sarflash materiallari, inventar va boshqa tibbiy buyumlar xarid qilishga, yangi binolar va inshootlarni qurishga, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga yo‘naltirilsin;

belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha sog‘liqni saqlash davlat tizimining tibbiyot tashkilotlari xorijdan olib kelinadigan tibbiyot uskunasi, butlovchi buyumlar, tibbiyot uskunasiga ehtiyot qismlar va sarflash materiallari uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlari bundan mustasno) ozod qilinsin;

sog‘liqni saqlash davlat tizimining tibbiyot tashkilotlari mahalliy mutaxassislarining malakasini oshirish jarayoniga jalb etiladigan xorijiy olimlar, vrachlar va mutaxassislar tuzilgan mehnat shartnomalari doirasida olinadigan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etilsin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha takliflar kiritsin.

13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N.Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017-yil 20-iyun

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
"O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021-yillarda 
ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga

SHARH

"Fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilishning asosiy tamoyillari, aynan: sog‘liqni muhofaza qilish sohasida inson huquqlariga rioya qilish; aholi barcha qatlamlarining tibbiy yordamdan foydalanishi; profilaktika choralarining ustuvorligi; sog‘lig‘ini yo‘qotgan taqdirda fuqarolarning ijtimoiy himoyalanganligi; tibbiyot fani va amaliyotining birligi belgilangan.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan shu yil 5-yanvar va 7-fevralda sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan uchrashuvlarda aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni tashkil etishning holatiga tanqidiy baho berildi, bu esa to‘planib qolgan muammolarni hal etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Mamlakatimizda bugungi kunda yuqori malakali va yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning yaxlit tizimi shakllantirilgan. Ushbu xizmatlar aniq tashxis qo‘yish va davolashning samarali usullarini, shu jumladan, yuqori texnologik diagnostik va tezkor aralashish usullarini qo‘llash imkonini beradigan zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan respublika va hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladi.

Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli choralar tufayli faqat oxirgi 5-yilda ixtisoslashtirilgan markazlarda 150 mingdan ortiq tezkor aralashuvlar, shu jumladan, 80 mingdan ortiq yuqori texnologik operatsiyalar amalga oshirildi, davolashning 80 dan ortiq yangi murakkab va noyob usullari amaliyotga joriy etildi.

Shu bilan birga, mazkur sohada aniq va tezkor chora-tadbirlar ko‘rishni talab etadigan qator tizimli masalalar mavjud.

Xususan, sog‘liqni saqlash tizimining viloyat va tuman darajalarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni rivojlantirishda sezilarli darajada qoloqlik kuzatilmoqda. Mintaqalarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga tashkiliy-metodik rahbarlikning samarali vertikalini shakllantirishda respublika ixtisoslashtirilgan muassasalarining roli pastligicha qolmoqda. Diagnostika va davolashning respublika muassasalarida sinovdan o‘tgan ilg‘or yuqori texnologik usullar viloyat va tuman darajasidagi tibbiyot muassasalari faoliyatiga sust joriy etilmoqda. Tibbiyotning ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘lga kiritilgan mahalliy va xorijiy ilmiy yutuqlarni viloyat va tuman tibbiyot muassasalari amaliyotiga joriy etish darajasi past.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida respublikaning ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamini yanada rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlarini belgilash, uning geografiyasini tuman (shahar) darajasigacha kengaytirish, hududiy ixtisoslashgan tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining mas’uliyatini oshirish, ularning amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari nazarda tutilgan.

Qaror bilan barcha darajalarda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yanada isloh qilish, respublika miqyosida ixtisoslashgan yo‘nalishlar bo‘yicha eng zamonaviy yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, viloyat darajasida ixtisoslashgan yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, tuman (shahar) darajasida ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni yangidan tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan bo‘limlar negizida ko‘rsatish nazarda tutilgan. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tashkilotlariga esa maxsus tasdiqlangan jadval bo‘yicha tuman (shahar) va viloyat darajasidagi tashkilotlarning tor ixtisoslashgan mutaxassislari tomonidan maslahatlar berilishi, shuningdek, davolash va maslahat-diagnostika yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning ayrim turlarini ko‘rsatishi nazarda tutilgan.

Qarorda, shuningdek, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimida respublika bo‘yicha va har bir mintaqada kasalliklar tendensiyalarini o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlaydigan zamonaviy tahliliy va ilmiy-tadqiqot ishlarini keng qo‘llash nazarda tutilgan.

Etakchi respublika ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika tashkilotlari respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga aylantirilib, ularning asosiy vazifalari belgilandi.

O‘z ixtisosligi bo‘yicha yagona metodik, texnologik, davolash va profilaktika siyosatini amalga oshirish, zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnologiyalariga, dori vositalari va tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, klinik protokollarni, shu jumladan, tegishli tibbiyot hujjatlarini ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarini nashr etish, sayyor maslahat berishlarni, mahorat darslarini, shuningdek, birinchi navbatda eng murakkab holatlarda hududiy ixtisoslashgan tibbiyot tashkilotlarida operatsiyalarni muntazam ravishda o‘tkazish orqali mintaqalarda zarur profilaktika ishlari olib borilishiga ko‘maklashish markazlarning asosiy vazifalari etib belgilangan. Bundan tashqari, markazlar Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti tibbiyot xodimlarining, ixtisoslashgan hududiy tibbiyot tashkilotlari xodimlarining malakasini tizimli ravishda oshiradi, shuningdek, klinik ordinaturada, tayanch doktoranturada va doktoranturada tor mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarni tayyorlaydi, yetakchi xalqaro tibbiyot markazlari, klinikalar va yuqori malakali xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan, maslahatlashuvlar va mahorat darslari o‘tkazish uchun ularni respublikaga taklif etadi, sog‘liqni saqlash tizimi mahalliy mutaxassislarining chet elda ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va klinikalarida tajriba orttirishini ta’minlaydi.

Qaror bilan aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sxemasi va aholining sifatli va samarali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlardan foydalanishini kengaytirishga, Respublika markazlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirishga, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tibbiyot tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, tibbiyot kadrlari tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga, aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirishga, profilaktika, diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini joriy etishga yo‘naltirilgan huquqiy bazani takomillashtirishga yo‘naltirilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlanadi.

Qarorga muvofiq, 2018-yil 1-yanvargacha imtiyozli toifa alohida hisobga olingan holda tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlardan, shu jumladan, yuqori texnologik tibbiy yordamdan foydalanishga muhtoj bo‘lgan bemorlarning doimiy yangilanadigan yagona elektron ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. 2019-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda barcha ixtisoslashtirilgan markazlarda, viloyat filiallarida, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida vrach qabuliga masofadan yozilish imkonini beradigan elektron dastur joriy etiladi.

2022-yil 1-yanvargacha aholiga pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) sog‘liqni saqlash tizimi davlat tibbiyot tashkilotlarini soliqlarning barcha turlarini va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan, shuningdek, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha chetdan olib kelinadigan yangi tibbiyot uskunasi, butlovchi buyumlar, tibbiyot uskunasiga ehtiyot qismlar va sarflash materiallari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etish nazarda tutilgan. Bo‘shagan mablag‘lar tibbiyot tashkilotlarini zamonaviy tibbiy, muhandislik-texnika uskunasi bilan jihozlashga hamda unga servis va texnik xizmat ko‘rsatishga, ehtiyot qismlar, sarflash materiallari, inventar va boshqa tibbiy buyumlarni xarid qilishga, yangi binolar va inshootlar qurishga, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga yo‘naltiriladi.

Qarorda davolanish uchun chet elga jo‘nab ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish, mahalliy mutaxassislarning amaliy va nazariy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida xorijiy yetakchi olimlar, vrachlar va mutaxassislarni shartnoma asosida respublikaga jalb etishga alohida e’tibor qaratilgan.

Dastur doirasida 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni yanada rivojlantirish maqsadida 373,5 milliard so‘m va 100 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan 60 milliard so‘m mablag‘ Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga va 97 million AQSh dollari respublika va hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarini jihozlashga yo‘naltiriladi.

Qaror va Dastur doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar respublikada, ayniqsa, viloyat va tumanlar darajasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini tubdan oshirishga, aholining keng qatlamlarini yuqori texnologik tibbiy yordamdan bahramand qilishga, yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sohasidagi ilm-fan yutuqlari va ilg‘or xorijiy tajribani amaliyotga faol joriy etishga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida