O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

1992-yil 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun yurtimiz tarixidagi buyuk sanalardan biridir.

Bosh Qomusimiz huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimizning tinch, obod va farovon hayotini ta’minlash, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish, milliy qonunchilik tizimini shakllantirish hamda mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan hamda mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini ta’minlash, jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do‘stlik va totuvlikni asrash, Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida:

1. «O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil» esdalik nishoni ta’sis etilsin.

2. «O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil» esdalik nishonining Nizomi va tavsifi 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda «O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil» esdalik nishonlari va ularning guvohnomalari belgilangan tartibda tayyorlanishini ta’minlasin.

4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.Ismailov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti                                      Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017-yil 10 oktabr

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 10-oktabrdagi PF-5201-sonli
Farmoniga 1-ilova

«O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil»
esdalik nishoni to‘g‘risidagi

NIZOM

1. «O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil» esdalik nishoni bilan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini ta’minlash, jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do‘stlik va totuvlikni asrash, Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha soha vakillari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda boshqa shaxslar taqdirlanadi.

2. «O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil» esdalik nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

3. «O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil» esdalik nishoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, vazirliklar, idoralar, jamoat birlashmalari va boshqa respublika organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, shu ishga vakil qilingan boshqa shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.

Mukofotlanganlarga esdalik nishoni bilan birga uning guvohnomasi beriladi.

4. «O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil» esdalik nishoni ko‘krakning chap tomoniga davlat mukofotlaridan keyin taqiladi.

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 10-oktabrdagi PF-5201-sonli
Farmoniga 2-ilova

«O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil»
esdalik nishonining

TAVSIFI

«O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil» esdalik nishoni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi.

Esdalik nishonining qalinligi – 2,2 millimetr.

Esdalik nishonining old tomoni markazida oq emaldan ishlangan sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Yulduz markazida, taralayotgan quyosh nurlari fonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining rangli emaldan ishlangan hilpirab turgan tasviri aks etgan. Yulduzning tepa qismida balandligi 3,5 millimetr bo‘lgan «25» yozuvi, pastki qismida esa balandligi 2,5 millimetrli «YIL» yozuvi joylashgan. Esdalik nishonining pastki qismida, sakkiz qirrali yulduz ostida moviy rangdagi emaldan ishlangan ochilgan holatdagi kitob – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tasviri aks ettirilgan. Yozuvlar zarhal rangda.

Esdalik nishonining aylanasi bo‘ylab oq emalli doirada «O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASIGA» so‘zlari yozilgan. Pastki qismida, markazda ikkita sakkiz qirrali yulduz oralig‘ida bir-biriga tutashtirilgan holatdagi ikkita zaytun novdasi tasvirlangan. Yozuvlar va tasvirlar zarhal rangda bo‘lib, harflarning balandligi 2 millimetrni tashkil etadi.

Esdalik nishonining orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan bo‘lib, pastki qismida, markazda «2017» yozuvi joylashgan.

Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.

Esdalik nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan o‘ralgan.

Esdalik nishoni shoyi lenta bilan qoplangan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qadag‘ichga ilgakchalar va halqacha yordamida ulangan. Shoyi lentaning o‘rtasidan eni 7 millimetrli yashil rangli yo‘l, uning ikki chetidan esa sariq rangli ensiz chiziqlar bilan hoshiyalangan eni 2,5 millimetrli ikkita oq rangli yo‘l o‘tgan. Shoyi lentaning chekka qismlari bo‘ylab eni 2,5 millimetr bo‘lgan moviy rangli yo‘llar o‘tgan.

Qadag‘ichning bo‘yi – 16 millimetr, eni – 25 millimetr.

Qadag‘ichning orqa tomoniga esdalik nishonini kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama o‘rnatilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil» esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risida