O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-iyundagi «Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-3030-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qaror qiladi:

1. Kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini tanlab olish va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi
Favqulodda vaziyatlar vaziri                                     R.DJURAYEV

Toshkent shahri,
2017-yil 1-iyul,
4-son

O‘zbekiston Respublikasi Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vaziri                                       I.MADJIDOV

Toshkent shahri,       
2017-yil 1 iyul,
7/2017-son

O‘zbekiston Respublikasi 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 
2017-yil 1-iyuldagi "4-", "7/2017"-son qaroriga ilova

Kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari 
bitiruvchilarini tanlab olish va Favqulodda vaziyatlar vazirligi 
tizimiga ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi 

NIZOM

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida”gi 2008-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-195-son Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 2-iyundagi PQ-3030-son qaroriga muvofiq kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurti bitiruvchilarini tanlab olish va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga ishga qabul qilish tartibini belgilaydi.

I bob. Kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurti 
bitiruvchilarini mutaxassis va qutqaruvchi lavozimlariga 
ishga qabul qilishda qo‘yiladigan talablar

1. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasi, avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar tufayli vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi ishlarga rahbarlikni hamda ularni muvofiqlashtirib borish ishlarini amalga oshiruvchi markaziy davlat boshqaruvi organi hisoblanishini inobatga olgan holda, oliy o‘quv yurti va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari vazirlik tizimiga mutaxassisliklari bo‘yicha quyidagi tartibda tanlab ishga olinadi:

a) Oliy o‘quv yurti bitiruvchilari:

tabiiy hususiyatli favqulodda vaziyatlar profilaktikasi ishlarini olib borish mutaxassisligiga oliy o‘quv yurtlarining tabiiy ta’lim yo‘nalishlaridan birini bitirgan bo‘lishi kerak (geologiya, geografiya, geofizika, biologiya, gidrologiya, meteorologiya, gidromexanika, quruqlik-gidrologiyasi, atmosfera fizikasi va shu kabi yo‘nalishlar);

texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar profilaktikasi ishlarini olib borish mutaxassisligiga oliy o‘quv yurtlarining texnika-texnologiya ta’lim yo‘nalishlaridan birini bitirgan bo‘lishi kerak (arxitektura, gidrotexnika, muhandislik-irrigatsiya, muhandislik-energetika, muhandislik-mexanika, axborot texnologiyasi va shu kabi yo‘nalishlar);

radiatsion, kimyoviy va biologik (bakteriologik) muhofazasi ishlarini olib borish mutaxassisligiga oliy o‘quv yurtlarining fizika (yadro fizikasi), kimyo, kimyo-texnologiya, biologiya, biologiya-kimyo, tibbiyot, radiologiya, sanitar-epidemiologiya, geofizika yo‘nalishlaridan birini bitirgan bo‘lishi kerak;

moddiy-texnik ta’minot, zaxira va qurilish yo‘nalishidagi mutaxassisliklarga oliy o‘quv yurtlarining yengil va oziq-ovqat sanoati, iqtisodiyot, avtomobil, qurilish yo‘nalishlarini bitirgan bo‘lishi kerak;

Favqulodda vaziyatlar vazirligining amaldagi ishchi va xizmatchilar asosiy lavozimlar Klassifikatori talablariga muvofiq bo‘lishi lozim;

muddatli harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi kerak.

b) Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari:

mutaxassis-qutqaruvchi lavozimiga (dizenfeksiya instruktori, dozimetrist, gazdan qutqaruvchi va shu kabi barcha qutqaruvchi lavozimlariga):

yoshi 18 dan kichik 30 yoshdan katta bo‘lmasligi;

bo‘yi 175 smdan kam bo‘lmasligi;

jismonan baqquvat, ruhan sog‘lom, mustaqil fikr yuritadigan bo‘lishi;

shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda zaharli moddalar bilan, shuningdek, sog‘lig‘iga ko‘ra balandlikda ishlashga yaroqli bo‘lishi;

Shuningdek, qutqaruvchi-haydovchi va g‘avvos-qutqaruvchi lavozimiga qo‘shimcha quyidagi talablar qo‘yiladi:

a) Qutqaruvchi-haydovchi lavozimiga:

kamida “BC” toifali haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi kerak;

haydovchining tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi bo‘yicha maxsus ma’lumotnomasi bo‘lishi kerak;

yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari va shartli belgilarni mukammal bilishi zarur.

b) G‘avvos-qutqaruvchi lavozimiga:

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan suv ostida ishlashga ruxsat berilgan  bo‘lishi kerak.

II bob. Ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari va 
oliy o‘quv yurtlari o‘quvchi, talabalarini 
tanlab ishga qabul qilish tartibi

2. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Namangan davlat universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari, Toshkent kimyo-texnologiya  va  Andijon mashinasozlik institutining 5640100 – “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” yo‘nalishiga qabul qilingan talabalarni kasbga yo‘naltirish hamda tanlab ishga qabul qilish quyidagicha amalga oshiriladi:

birinchi kursga qabul qilingan talabalar bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul xodimlari mamlakatimizda favqulodda vaziyatlarni oldini olish va sodir bo‘lganda harakat qilish tizimi hamda vazirlik faoliyati bo‘yicha seminarlar o‘tkazish;

uchinchi kurs talabalarini Favqulodda vaziyatlar vazirligi, hududiy va tarkibiy tuzilmalarida o‘rnatilgan tartibda amaliyot o‘tash uchun jalb etish;

to‘rtinchi kurs talabalari bilan “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” kuni tadbirlari doirasida suhbat o‘tkazish, ishga qabul qilinishga nomzodlar ro‘yxatiga kiritish;

oliy o‘quv yurtini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni amaldagi qonunchilik normativ-huquqiy hujjatlariga asosan ishga qabul qilish.

3. Andijon qurilish va transport, Samarqand informatsion texnologiyalari, Olmazor politexnika va Chingeldi maishiy xizmat kollejlarining 3640101 – “Qutqaruvchi” yo‘nalishi o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish hamda tanlab ishga qabul qilish quyidagicha amalga oshiriladi:   

birinchi kursga qabul qilingan o‘quvchilar bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul xodimlari qutqaruvchilik kasbi, mavjud qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari bo‘yicha suhbatlar o‘tkazish;

ikkinchi va uchinchi kurslarda o‘quvchilarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi, FVDT vazirlik va idoralari qutqaruv xizmati va qutqaruv tuzilmalarida o‘rnatilgan tartibda o‘quv amaliyotlarini o‘tash uchun jalb etish;

uchinchi kurs talabalari hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, FVDT vazirlik va idoralari qutqaruv xizmati va qutqaruv tuzilmalari o‘rtasida ikki tomonlama shartnomalar tuzish, ishlab chiqarish amaliyotini qutqaruv xizmati va qutqaruv tuzilmalarida o‘tash uchun jalb etish;

maqsadli tayyorlangan kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini birinchi navbatda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga asosan ishga qabul qilish.

III bob. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” va “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” yo‘nalishlaridan harbiy kafedrani tamomlagan bitiruvchilarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga haqiqiy harbiy xizmatga olish 

4. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kadrlar boshqarmasi vakili tomonidan suhbat o‘tkazish orqali harbiy kafedraga qabul qilingan talabalar bilimi, salohiyati va shaxsiy fazilatlariga baho beriladi hamda kelgusida vazirlik tizimida haqiqiy harbiy xizmatni o‘tash uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritiladi.               

5. Harbiy kafedrani tamomlagan bitiruvchilarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga haqiqiy harbiy xizmatga chaqirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida”gi PQ-257-sonli qarori va amaldagi qonunchilik hujjatlari  asosida amalga oshiriladi.

6. Har yili Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga harbiy kafedrada tayyorgarlikdan o‘tkaziladigan talabalar o‘rni (kvotasi) bo‘yicha taklif kiritiladi.

7. Harbiy kafedra bitiruvchilari Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi haqiqiy harbiy xizmatga birinchi navbatda qabul qilinadi.

IV bob. Qutqaruvchi lavozimlariga 
nomzodlarni tanlab olish shartlari

8. Nomzodlar soni har bir o‘ringa 4 tadan kam bo‘lmaganda, ular boshqarma (tuzilma) tomonidan tuzilgan maxsus ishga qabul qilish komissiyasi ishtirokida quyidagi tartibda tanlab olinadi:

ma’naviy va siyosiy dunyoqarashi bo‘yicha suhbat;

psixologik test;

kasbiy bilimlarini  sinovdan o‘tkazish (diktant, yozma ish);

jismoniy tayyorgarlik (sport bo‘yicha toifa darajasi mavjudligi  inobatga olinadi).

9. Qutqaruvchi lavozimlariga tanlab olingan nomzodlarning hujjatlar nusxalari vazirlikning Qutqaruv tuzilmalari va qutqaruv xizmatlarini shahodatlash bo‘yicha komissiyasiga yuboriladi.

Vazirlik shahodatlash komissiyasining ijobiy xulosasi olingandan so‘ng nomzodlarni lavozimlarga tayinlash rasmiylashtiriladi.

V bob. Qutqaruv tuzilmalari va qutqaruv 
xizmatlarini shahodatlash komissiyasiga taqdim 
etiladigan hujjatlar nusxalari

10. Nomzodlar to‘g‘risida yig‘ilgan barcha ma’lumotlar xodimlarning asosiy hujjati – shaxsiy hujjatlar yig‘majildida saqlanadi.

11. Nomzodlar hujjat nusxalarini ishga qabul qilinayotgan joydagi kadrlar xodimiga topshiradi, kadrlar xodimi tomonidan hujjatlar shahodatlash komissiyasiga yuboriladi.

12. Shahodatlash komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar nusxalari ro‘yxati:

pasport nusxasi;

diplom nusxasi;

diplom ilovalari nusxasi;

yashash joyidan tavsifnoma nusxasi;

​harbiy guvohnoma nusxasi;

yashash joyidan ma’lumotnoma nusxasi;

oxirgi ish joyidan tavsifnoma nusxasi;

haydovchilik guvohnomasining nusxasi;

086-formali tibbiy ma’lumotnoma nusxasi;

sport bo‘yicha toifa darajasi guvohnomasi, diplomlar va faxriy yorliq nusxalari;

9x12 hajmdagi 2 dona rangli fotosurat;

mehnat daftarchasi nusxasi (agarda mavjud bo‘lsa);

tarjimai hol;

qarindoshlari haqida ma’lumot;

psixologik test sinovlarining materiallari.

VI bob. Tanlab olingan nomzodlarni o‘rganish tartibi

13. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi mustaqil boshqarmalar, bo‘limlar, hududiy va tarkibiy tuzilmalariga O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan tasdiqlangan “Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishchi va xizmatchilarining asosiy kasb-lavozimlari Klassifikatori” talablariga to‘liq mos kelgan, oliy va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan fuqorolar ishga qabul qilinadi.

14. Nomzodlar yuksak salohiyatga, ma’naviy-axloqiy, kasbiy sifatlarga ega, jismonan baquvvat, ruhan sog‘lom bo‘lishi lozim.

15. Nomzodlarni tanlash va ishga qabul qilishda ularning qobiliyati, dunyoqarashining kengligi, ishchanligi, haqqoniyligi, ekstremal holatni baholay olishi, tezkor qaror qabul qilish xususiyatlariga alohida e’tibor qaratiladi.

16. Tanlangan nomzodlarni lavozimga tayinlashda ularning shaxsiy hujjatlari oldingi ish joyi rahbarlarining tavsiyasi, yashash joyidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan berilgan tavsifnomalar har tomonlama o‘rganib chiqilib, har bir nomzodni ishga qabul qilish maqsadga muvofiqligi aniqlanadi.

17. Rahbar xodimlar tomonidan nomzodlarning shaxsiy, axloqiy va ishchanlik xususiyatlari tayinlanadigan lavozimga mos kelishi maqsadida o‘rganib chiqiladi va lavozimga loyiqligi aniqlanadi.

18. Ishga qabul qilingan mutaxassislarga, ularning funksional vazifalarini bajarishga doir ko‘nikma va tashkilotchilik qobiliyatlari o‘rganib chiqilishi maqsadida sinov muddati belgilanadi.

19. Mutaxassislarga sinov muddati davomida aniq vazifa va topshiriqlar berilib, mazkur topshiriqlarni bajarish mobaynida ularning faolligi, mustaqil ish bajara olishlik, tashabbuskorlik qobiliyatlari, shuningdek, lavozimiga munosibligi va shu kabi fazilatlari  o‘rganiladi.

VII bob.  Yakuniy qoidalar

20. Mazkur Nizom talablarining bajarilishiga mas’ul bo‘lgan shaxslar yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

21. Mazkur Nizomning amalda qo‘llanilishida yuzaga kelgan nizo va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini tanlab olish va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida