Hujjatlar

“O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga fuqarolarning navbatdagi chaqiruvi hamda muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o'tab bo'lgan harbiy xizmatchilarni xizmatdan bo'shatish to'g'risida”

06.01.2009 19:43

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori.

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq:

1. Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo’lmagan O’zbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2009 yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqirilsin.

Muddatli harbiy xizmatni o’tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo’lmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinsin.

2. 2009 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o’tab bo’lgan fuqarolar, shuningdek istisno tariqasida, 2008 yilning kuz mavsumida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolar O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo’shatilsin.

3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi Kotibi M.Atayev zimmalariga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2009 yil 6 yanvar

So‘nggi yangiliklar:

To‘kinlik, farovonlik va baraka omili

Xolisona tahlil va tanqid ruhida

Ulkan jasorat namunasi

Ustuvor vazifalar muhokama etildi

Qo‘shimcha imtiyozlar: sifat va samaradorlik

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama