Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

31.07.2007 16:26 Chop etish versiyasi

"2007-2011 yillar mobaynida Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida"

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori.

Kimyo sanoatini yanada barqaror va mutanosib holda rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona foydalanish, energiyani tejaydigan hamda ekologik xavfsiz samarali texnologiyalarni joriy etish, eksportga mo‘ljallangan va import o‘rnini bosadigan raqobatbardosh kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida:

1. Quyidagilar 2007-2011 yillar mobaynida Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturining asosiy vazifalari deb hisoblansin:

zamonaviy yuqori samarador texnologiyalar, uskunalar va texnologik jarayonlarni boshqarishning eng yangi tizimlarini qo‘llash yo‘li bilan ishlab chiqarishning texnik darajasi va samaradorligini oshirish, kimyo korxonalarining ekspluatatsiyaviy ishonchliligi va ekologik xavfsizligini ta’minlash;

tashqi va ichki bozorlarda barqaror suratda g‘oyat xaridorgir bo‘lgan kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va turini kengaytirish, ularni eksportga yetkazib berish hajmlarini sezilarli darajada oshirish;

mahalliy xomashyo resurslari va bazaviy kimyo mahsulotlarini chuqur qayta ishlash yo‘li bilan eksportga mo‘ljallangan hamda import o‘rnini bosadigan kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish.

2. «O‘zkimyosanoat» DAK tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2007-2011 yillar mobaynida Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha quyidagilarni o‘z ichiga olgan dastur ma’qullansin:

Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturini amalga oshirish, asosiy turdagi kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishning maqsadli prognoz parametrlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq;

Kimyo sanoati korxonalari tomonidan barqaror xaridorgir bo‘lgan kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish hajmlari va eksportga mo‘ljallangan hamda import o‘rnini bosadigan kimyo mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish 3-ilovaga muvofiq;

Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha loyihalar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq.

«O‘zkimyosanoat» DAK va tarmoq korxonalari rahbarlari zimmasiga 2007-2011 yillar mobaynida Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturining maqsadli prognoz parametrlariga erishish hamda unga kiritilgan loyihalarni to‘liq hajmda va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash borasida shaxsiy javobgarlik yuklansin.

3. «O‘zkimyosanoat» DAK, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining «O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha» instituti manfaatdor vazirliklar, idoralar va tijorat banklari bilan birgalikda asosiy turdagi kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish va eksportga yetkazib berish bo‘yicha belgilangan maqsadli parametrlarning so‘zsiz bajarilishi uchun loyiha hujjatlarining o‘z vaqtida ishlab chiqilishi, kelishib olinishi va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanishini, shuningdek mazkur qarorning 4-ilovasiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlasin.

4. «O‘zkimyosanoat» DAK manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda «Farg‘onaazot» OAJda AM-76 ammiaki ishlab chiqarishini kapital-tiklash ta’mirlash elementlari bilan rekonstruksiya qilish» va «Chirchiq «Elektrkimyosanoat» OAJda AM-76 ammiakining yirik tonnali agregatini rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash» investitsiya loyihalarining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

AT «O‘zsanoatqurilishbank» mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy manbalardan jalb etiladigan kreditlar bo‘yicha qayta moliyalashtiruvchi bank etib belgilansin.

O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 2007-2008 yillarda mazkur investitsiya loyihalarini tasdiqlangan DTIAga muvofiq 4-ilovada ko‘rsatilgan hajmlarda birgalikda moliyalashtirishni nazarda tutsin.

5. «Farg‘onaazot» OAJ va «Elektrkimyosanoat» OAJ Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlarga binoan mazkur loyihalarni amalga oshirish doirasida olib kelinadigan asosiy texnologik va yordamchi uskunalar (ehtiyot qismlarning normativ komplekti bilan), texnologik jihozlar va ehtiyot qismlar, dasturiy mahsulotlar, texnik hujjatlar 2009 yilning 1 iyunigacha bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vazirligi har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda 2007-2011 yillar mobaynida Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturida ko‘zda tutilgan investitsiya loyihalari, birinchi navbatda mahsulotlarning yangi turlarini o‘zlashtirish, ularning eksport hajmlarini oshirish va import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni nazarda tutilgan holda, unga belgilangan tartibda kiritib borilishini ta’minlasin.

7. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga (N.M. Xanov), O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan «O‘zkimyosanoat» DAKning qo‘shma taqdimnomasi bo‘yicha, 2007-2011 yillar mobaynida Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturiga, eksport qilishga mo‘ljallangan zamonaviy turdagi kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqariladigan korxonalar tashkil etishga oid yangi investitsiya loyihalari qo‘shilishini nazarda tutgan holda, aniqlik va qo‘shimchalar kiritishga ruxsat berilsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2010 yilgacha davrda Jeroy-Sardara koni negizida tarkibida fosfor bo‘lgan o‘g‘itlar ishlab chiqarish va eksportga yetkazib berishni ko‘paytirish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida» 2006 yil 18 iyuldagi PQ-420-son qarorining 5, 6 va 7-bandlari va 1-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R.Shoismatov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2007 yil 27 iyul


10 961