Hujjatlar

“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘n to‘qqiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”

24.08.2010 17:28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqimiz madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirish ishiga qo‘shgan munosib hissasi, yorqin iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlansin:

“O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”

  • Muhammadjonov Rixsiboy – O‘zbekiston kino arboblari birlashmasi a’zosi, kinodramaturg
  • Rasulov Alisher Tursunboyevich – Respublika estrada-sirk kolleji o‘qituvchisi, kompozitor

“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti”

  • Adashev Rajab Halimovich – “O‘zbekfilm” kinostudiyasi aktyori
  • Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich – “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi

“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi”

  • Kalliyev Tenelbay Genjebayevich – Nukus madaniyat va san’at kolleji o‘qituvchisi, baxshi

“O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi”

  • Sanayev Ziyodulla Fayziyevich – Samarqand viloyati, Narpay tumanidagi 52-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”

  • Alimov Samandar Choriyevich – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti
  • Abdullayeva Mehrijon Kabirovna – Namangan viloyat musiqali drama teatri vokal artisti
  • Ahmedova Lola Baxtiyorovna – “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi
  • Ziyoyev Abdunabi Qo‘chqorovich – Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi “Maqom” ansambli sozandasi
  • Rahmatov Mehriddin Tojiddinovich – O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori
  • Uzoqova Shohida Normatovna – O‘zbek davlat drama teatri aktyori
  • Umarova Faridaxon Jo‘rayevna – Respublika yosh tomoshabinlar teatri aktyori
  • Usmonov Ramiz Beknazarovich – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti
  • Hamroyeva Nodira Mixaylovna – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri balet artisti
  • Qo‘ziyev Toir Asqarovich – “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi “Sato” guruhi badiiy rahbari

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi”

  • Ortiqov G‘ayrat Azizovich – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, rangtasvirchi rassom
  • Omirzakova Kirmizi Jumamuratovna – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Shumanay tumanidagi 2-umumta’lim maktabining matematika va informatika fani o‘qituvchisi
  • Ubaydullayev Mirza-Ulug‘bek Abdullayevich – Andijon olimpiya zaxiralari sport kolleji direktorining sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist”

  • Buzrukov Ahmadjon A’zamxonovich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali “Axborot” informatsion eshittirishlar muharririyati bo‘lim mudiri
  • Mamadiyev Ravshan Abdumannobovich – “Namangan haqiqati” gazetasi katta muxbiri

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”

  • Ataboyev Davronbek Jumanazarovich – Xorazm viloyat qo‘g‘irchoq teatri rahbari
  • Botirov Zubaydulla Vorisovich – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri bosh rassomi
  • Bomurodov Bobur Hodiyevich (Bobur Bobomurod) – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
  • Vohidov Shuhrat Xurshidovich – O‘zbekiston temir yo‘llari madaniyat saroyi badiiy rahbari, xonanda
  • Mamajonov Anvar Alimjonovich – Respublika rassomlik kolleji o‘qituvchisi, grafik rassom
  • Mamadiyev Abdinabi – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qashqadaryo viloyati bo‘limi a’zosi, rangtasvirchi rassom
  • Mo‘minova Shahnozxon – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, chinnisoz-rassom
  • Rahmatov Sultonali Ahmadjonovich – Erkin ijodkor, bastakor
  • Safarova Matluba Tilavoldiyevna – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali Madaniy-ma’rifiy va badiiy dam olish dasturlari bosh muharririyati katta muharriri
  • Hakimjonov Hotam Xalilovich – Marg‘ilon shahar madaniyat uyi badiiy rahbari, badiiy so‘z ustasi
  • Hasanov Hamidulla – “O‘zbekfilm” kinostudiyasi kinooperatori

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi”

  • Jo‘rayev Ixtiyor Bozorovich – Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Navoiy filiali anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limi mudiri
  • Toshbekov Farhod Bahromovich – Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi tibbiyot-sanitariya birlashmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”

  • Ponomaryov Aleksandr Viktorovich – Suv sporti turlari respublika oliy sport mahorati maktabining baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha murabbiyi
  • Qurbonov Olimjon Isoqovich – Respublika olimpiya zaxiralari kollejining yunon-rum kurashi bo‘limi bosh murabbiyi
  • “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”*
  • Ahmedov Bahodir Yo‘ldoshboyevich – Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Karimova Yevgeniya Sergeyevna – Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

  • Qurbonov Ravshanbek Davlatovich – Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi direktori
  • Menkov Vadim Yuryevich – Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi

Yusupov Ibragim – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri bosh baletmeysteri

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

  • Ziyomuhamedov Sadriddin Muhiddinovich – O‘zbekiston kino arboblari birlashmasi a’zosi, sahnalashtiruvchi-rassom
  • Muhamedov Qobiljon G‘afurovich – Toshkent kimyo-texnologiya institutining Qo‘ng‘irot soda zavodi qoshidagi maxsus sirtqi bo‘lim dekani
  • Normatov Nodir – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, san’atshunos
  • Ravshanov Mansur Temirovich – Surxondaryo viloyat musiqali drama teatri bosh rejissori
  • Rafiqov Abzal Azimovich – O‘zbek davlat drama teatri aktyori
  • Hasanov Faxriddin Salohovich – “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti tahririyat mudiri
  • Xo‘jayorov Baxtiyor – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Samarqand bo‘limi raisining o‘rinbosari, Mintaqaviy muammolar kompleks ilmiy-tadqiqot instituti direktori
  • Sharipov Saydiolim Akramovich – “Davlat belgisi” davlat ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh rassom-dizayneri
  • Egamova Zulayho Ibragimovna – Navoiy viloyati, Navbahor tumanidagi 14-maktab direktorining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
  • Yunusov Hamroqul Nekbayevich – Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi boshlig‘i

I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

  • Umarov Ibrohimjon Samatovich – Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining xirurgiya bo‘limi mudiri

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

  • To‘raqulova Muqaddamxon Mahmudovna – Jizzax viloyati, Mirzacho‘l tuman tibbiyot birlashmasining “O‘zbekiston” qishloq vrachlik punkti umumiy amaliyot vrachi
  • Usmonova Muattar Jalilovna – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali “Bolalar va o‘smirlar” eshittirishlari bo‘limi mudiri

“Do‘stlik” ordeni bilan

  • Azimov Abdumajid Abdullayevich – “Mohiyat” gazetasi bosh muharriri
  • Ataboyev Azamatjon Shodmonbekovich – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom
  • Galaxov Oleg Viktorovich – O‘zbekiston akademik rus drama teatri aktyori
  • G‘ulomov Shuhrat Mannopovich – Toshkent davlat texnika universitetining kafedra professori
  • Zimin Andrey Yuryevich – Buxoro viloyati, Romitan sanoat kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi ustasi
  • Mirxoliqov Rahim-Murod To‘xtayevich – “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi muharriri
  • Pak Zinaida Vladimirovna – “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi muqovalash sexi matbaachisi
  • Sayimov Salim Sayimovich – Qarshi san’at kolleji direktori
  • Solihov Ulug‘bek Shokirovich – Toshkent davlat musiqali komediya (operetta) teatri ovoz rejissori
  • Yusubov Bagbek – Xorazm viloyati, Hazorasp tumanidagi 1-ixtisoslashgan maktabning matematika fani o‘qituvchisi
  • Qosimov Ibrohim Sotvoldiyevich – Sirdaryo viloyat musiqali drama teatri aktyori

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy islohotlardagi faol ishtiroki, samarali mehnati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shgan hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Shuhrat” medali bilan

  • Abduhakimova Mo‘ttixon – Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani bo‘limi targ‘ibotchisi
  • Akramov Saidazim Saydamatovich – “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi ofset bosma sexi boshlig‘i
  • Aripova Mastura Hikmatovna – Toshkent kimyo-texnologiya institutining kafedra mudiri
  • Ataboyev Zokirjon Jumanazarovich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Respublika teleradiomarkazining ovoz yozish rejissori
  • Botirov Shuhrat Xayrullayevich – Navoiy konchilik kollejining maxsus fan o‘qituvchisi
  • Bahodirov G‘ayrat Otaxonovich – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotib o‘rinbosari, fundamental va amaliy dasturlar bo‘limi boshlig‘i
  • Beknazarov Toshqul Eshonqulovich – O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Jizzax viloyati bo‘yicha muxbiri
  • Bobojonov Abdujabbor Qorayevich – Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tuman madaniyat uyi uslubchisi
  • Bomurotov Karim Atoboyevich – Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining Buxoro viloyati Shofirkon tumani bo‘limi targ‘ibotchisi
  • G‘afurova Sayyora Akmalovna – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi maxsus fortepiano kafedrasi dotsenti
  • Dadamuhamedova Shohida Mubashirovna – Toshkent shahar 1-sonli bolalar klinik shifoxonasi ko‘z mikroxirurgiyasi bo‘limi mudiri
  • Isomov Bahodirjon Sirojiddinovich – Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining Farg‘ona viloyati Rishton tumani bo‘limi targ‘ibotchisi, shoir
  • Mutalov Shuhrat Azizovich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanali bosh teleoperatori
  • Nabiyeva Iroda Abdusamatovna – Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining kafedra mudiri
  • Nurjanova O‘rozgul Hojaboyevna – Urganch maishiy xizmat kasb-hunar kollejining fizika fani o‘qituvchisi
  • Olimov Odil – Andijon uy-joy va kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kollejining chizmachilik fani o‘qituvchisi
  • Piyazov Jenisbek Burkitovich – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabasi, xonanda
  • Polonskaya Lyudmila Alekseyevna – “Turkiston”-“Molodej Uzbekistana” gazetalari muxbiri
  • Pushkareva Olga Sergeyevna – Navoiy viloyati “Znamya drujbы” gazetasi korrektori
  • Rajabov Ilyos Komiljonovich – G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi bosma sexining 5-darajali chop etuvchisi
  • Sarimsoqov Eshqo‘zi Qodirovich – Sirdaryo viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasi direktori
  • Sattorova Muborak Boriyevna – Termiz san’at kollejining maxsus fan o‘qituvchisi
  • Serafimova Lyuda – Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi
  • Soliyeva Huri Melixo‘jayevna – Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumanidagi 16-umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
  • Sulaymonov Botirjon Abdushukurovich – Toshkent davlat agrar universitetining kafedra mudiri
  • Tursunov Lutfillo Saidmurodovich – “Xabar” gazetasi mas’ul kotibi
  • To‘xtayeva Kubarro Akramovna – “Usto” birlashmasining Samarqand viloyati bo‘limi a’zosi, kashtado‘z usta
  • Umurzoqova Ra’no Berdaliyevna – Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining rentgen bo‘limi laboranti
  • Hikmatova Inobat Sayfiyevna – Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti qoshidagi 1-sonli akademik litseyning matematika fani o‘qituvchisi
  • Shahobov Umid Sharifjonovich – “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi
  • Shirinova Gulchehra Xayrullayevna – “Sog‘lom avlod” gazetasi katta muxbiri
  • Ergashova Muxtasarxon Yo‘ldoshevna – Andijon viloyati, Baliqchi tuman tibbiyot birlashmasining “A’lam” qishloq vrachlik punkti mudiri
  • Qo‘shboqova Sobira Musurmonovna – Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi navbatchi feldsheri

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2010 yil 24 avgust

So‘nggi yangiliklar:

Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi

Boshlang‘ich tashkilotlarning muhim vazifalari

O‘g‘lonlar xizmatga otlandi

Majmua yoshlar bilan gavjum

Loydan mo‘jiza yaratish san’ati

Reklama

Курс валют (ЦБ) на сегодня:

Reklama