![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
“O‘zbekiston Qahramoni” unvonini berish to‘g‘risida"24.08.2010 17:03 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish sohasidagi uzoq yillik fidokorona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi uchun quyidagilarga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon – “Oltin yulduz” medali topshirilsin:
Ziyayev Yusup Mingkabilovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasining 166-yo‘l mashina stansiyasi temir yo‘l qurish mexanizmi mashinisti
G‘opirov Kamolidin – Shahrixon tumanidagi 53-maktab internati direktori, Andijon viloyati
Ergasheva Patila – Buvayda tumanidagi “Patilaxon” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Toshkent shahri, 2010 yil 24 avgust So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |