![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
“Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”26.02.2010 17:32 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish, raqobat muhitini izchil rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar korxonalari faoliyatini nazorat qilishni kuchaytirish va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish ishlarini faollashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil qilinsin. 2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari hamda faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
3. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga quyidagi huquqlar berilsin:
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va tadbirkorlik subyektlarining Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari uyushmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin va uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
5. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘linmalari taqdim etiladigan da’volar yuzasidan sudlarda ko‘riladigan ishlar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2005 yil 30 apreldagi PF-3602-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Toshkent shahri, 2010 yil 26 fevral So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |