![]() |
O‘zb Рус Eng Fra Deu Esp العربية 中文 |
| Siyosat Iqtisodiyot Jamiyat Texnologiyalar Madaniyat Sport Hujjatlar Foto Xorij xabarlari Ob-havo Valyutalar |
|
“O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a'zolarini tayinlash to'g’risida”23.01.2010 00:05 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 77-moddasi va “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 50-moddasiga muvofiq quyidagilar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolari etib tayinlansin: Farmonov Aleksandr Qosimovich – “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi – bosh direktori Sanaqulov Quvondiq – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori Tyan Valeriy Nikolayevich – “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori Tursunboyev Yo’lchiboy Ergashevich – O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi sudyasi Muhamedov G’afurjon Isroilovich – O’zbekiston Milliy universiteti rektori Rtveladze Edvard Vasilevich – O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti bo’limi mudiri Akbarova Farida Shorahimovna – O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari – Xotin-qizlar qo’mitasi raisi Ahmedov Anvar Akmalovich – “Mahalla” jamg’armasi raisi Solihov Shavkat Ismoilovich – O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Usmonov Mirabror Zufarovich – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining doimiy asosda ishlovchi a’zosi Boqiboyev Erkin Jo’rayevich – Faxriylarni qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi markaziy kengashi raisi Safoyev Sodiq Solihovich – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tashqi siyosat masalalari qo’mitasi raisi Rahmonqulov Mirakbar Hojiakbarovich – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibining birinchi o’rinbosari Ortiqova Svetlana Boymirzayevna – O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining qonunchilikni huquqiy targ’ibot bo’limi boshlig’i Mirzaaliyev Iqboljon Mirzakarimovich (Iqbol Mirzo) – O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari Abdullayev Ixtiyor Baxtiyorovich – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Toshkent shahri, 2010 yil 22 yanvar So‘nggi yangiliklar: Barkamol avlod – mamlakatimizning mustahkam tayanchi |
Reklama Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |