O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Keyingi yillarda asrlar davomida mardlik, bag‘rikenglik, olijanoblik va halollikning timsoli sifatida e’zozlanib kelingan, o‘zbek xalqining tarixiy merosi – “Kurash” milliy sport turini (keyingi o‘rinlarda kurash deb yuritiladi) qayta tiklashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Davlatimizning bevosita qo‘llab-quvvatlashi natijasida kurash xalqaro sport turi sifatida keng e’tirof etildi, “kurash”, “halol”, “ta’zim”, “to‘xta” va “yonbosh” kabi atamalar esa xalqaro sport lug‘ati tarkibidan mustahkam o‘rin egalladi.

1998-yil 6-sentabrda ta’sis etilgan Kurash xalqaro assotsiatsiyasi bugungi kunda sayyoramizning beshta qit’asidagi 129 ta milliy federatsiyani birlashtirgan.

2010-yilda Kurash xalqaro assotsiatsiyasi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish uchun buyurtma berishda muhim talab hisoblangan Jahon dopingga qarshi agentligining e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

2017-yil 20-sentabrda Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo Olimpiya kengashining 36-Bosh assambleyasida “Kurash” milliy sport turi tarixda ilk bor XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga rasman kiritildi.

Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi kurashni xalqaro sport musobaqalari va turnirlari dasturlariga, kelgusida esa Olimpiya o‘yinlari dasturiga ham kiritish bo‘yicha faol tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Shu bilan birga, mavjud ayrim kamchiliklar kurashni yanada rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda, xususan:

birinchidan, “Kurash” milliy sport turini, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida, o‘sib kelayotgan avlodning milliy iftixor
va vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar zamon talablariga javob bermayapti;

ikkinchidan, mazkur sport turi bo‘yicha qobiliyatli kurashchilarni aniqlash va saralash hamda ularning mashq qilishi, shuningdek, murabbiy va hakamlarni tayyorlashning samarali mexanizmlarini joriy etish imkonini beradigan klub va seksiyalarning yaxlit tizimi shakllantirilmagan;

uchinchidan, yoshlarni ushbu sport turi bilan shug‘ullanishga kengroq jalb etishga qaratilgan xalqaro musobaqalar g‘oliblari va sovrindorlarini rag‘batlantirishning samarali tizimi joriy etilmagan;

to‘rtinchidan, zarur moddiy-texnik baza va sport infratuzilmasining yetarli emasligi, sport anjomlarini ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilmaganligi sportchilar mashg‘ulotlarini talab darajasida tashkil etishga hamda kurash bo‘yicha xalqaro musobaqalarni o‘tkazishga to‘sqinlik qilmoqda.

“Kurash” milliy sport turini aholi, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida yanada rivojlantirish hamda ommalashtirish, o‘sib kelayotgan avlodda milliy iftixor va vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, shuningdek, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jahon sport maydonida yuqori natijalarga erishishni ta’minlash maqsadida:

1. 6-sentabr – “Kurash” milliy sport turi kuni sifatida belgilansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda, jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:

Nukus shahri va viloyat markazlarida “Kurash” milliy sport turi markazlari, har bir tuman (shahar)da zamonaviy sport klublari va seksiyalarini tashkil etish;

kurash bo‘yicha respublika, xalqaro musobaqa va turnirlarni doimiy asosda tashkil etish va o‘tkazish;

kurash bo‘yicha respublika, xalqaro musobaqa va turnirlar ishtirokchilarining avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasini joriy etish;

“Kurash” yo‘nalishi bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul kvotalarini oshirish;

mazkur sport turi bilan shug‘ullanish uchun jahon standartlariga javob beradigan “yaktak” sport kiyimlari va “kurash gilam”larini ishlab chiqarishni tashkil etish;

kurashni, shu jumladan, reklama kampaniyalarini o‘tkazish va ijtimoiy roliklarni namoyish etish orqali ommalashtirish bo‘yicha media-reja ishlab chiqish.

3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi “Kurash” milliy sport turini “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada sport o‘yinlari dasturiga o‘rnatilgan tartibda kiritilishini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston kurash federatsiyasining O‘zbekiston kurash federatsiyasi huzurida “Kurash” milliy sport turi markazi” nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish va Toshkent shahar, Korxojaota ko‘chasi, 25-uy manzili bo‘yicha joylashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

Toshkent shahar hokimligi “Kurash” milliy sport turi markazini mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha bepul joylashtirilishini ta’minlasin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda O‘zbekiston kurash federatsiyasi va uning bo‘linmalari faoliyatini muntazam qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, “Kurash” milliy sport turi markazi binosini rekonstruksiya qilish va moddiy-texnik jihozlash uchun homiylik mablag‘larini jalb etish bo‘yicha takliflar kiritsin.

6. Quyidagi tartib o‘rnatilsin, unga muvofiq:

yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi (yalpi tushumi) O‘zbekiston kurash federatsiyasi faoliyatini moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan badal, homiylik va xayriya yordam ko‘rinishidagi mablag‘lar miqdoriga, lekin soliq solinadigan foydaning (yalpi tushumning) o‘n foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorga kamayadi;

O‘zbekiston kurash federatsiyasi tomonidan sportchilar va murabbiylarga topshiriladigan pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar ko‘rinishidagi daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi.

7. Sportchilarni hammabop va sifatli sport kiyimlari va inventarlari bilan ta’minlash maqsadida asosiy faoliyati “yaktak” sport kiyimlari va (yoki) “kurash gilam”larini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar besh yil muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod qilinsin, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bundan mustasno.

8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:

O‘zbekiston kurash federatsiyasining buyurtmalari bo‘yicha kurashni rivojlantirish, mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmasdan kirish vizalarini rasmiylashtirishni ta’minlasin;

O‘zbekiston kurash federatsiyasiga xorijda kurash bo‘yicha xalqaro musobaqalar va turnirlarni tashkil etish va o‘tkazishda ko‘maklashsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston kurash federatsiyasining buyurtmalari bo‘yicha kurashni rivojlantirish, mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik kirish vizalari berilishini va muddatining uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.

10. O‘zbekiston milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga sport musobaqalari va turnirlarini ommaviy axborot vositalarida muntazam
va keng yoritish orqali kurashni ommalashtirishga ko‘maklashish tavsiya etilsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda kurash bo‘yicha Osiyo o‘yinlari, Osiyo va jahon chempionatlari, shuningdek, O‘zbekiston birinchiligi g‘oliblarini oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish tartibini joriy etish haqidagi;

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B.Abdullayev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017-yil 2-oktabr

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga
SHARH 

Kurash – azal-azaldan olijanoblik, mardlik va halollik timsoli, xalqimizning bir necha ming yillik tarixga ega milliy-madaniy merosining bir qismi va bebaho boyligi hisoblanadi.

Kurash haqidagi ilk ma’lumotlar Surxon va Zarafshon vohalari, Farg‘ona vodiysi, Sarmishsoy daralarida aniqlangan tasviriy san’at namunalari aks etgan osori-atiqalarda, qoyatoshlarda va g‘orlarda uchraydi.

Mashhur antik tarixchi Gerodot o‘zining “Tarix” asarida kurash qadimda yurtimiz hududida joylashgan xalqlar urf-odati va an’analarining bir qismi ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

Buyuk Sharq hakimi va ma’rifatparvari Abu Ali Ibn Sino asarlarida kurash inson sog‘lig‘ini mustahkamlash usullaridan biri sifatida e’tirof etilgan.

Buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur davrida kurash askarlarning harbiy va jismoniy tayyorgarligini oshirishning asosiy usullaridan biri bo‘lgan.

Pahlavon Mahmud, Jaloliddin Manguberdi, Darveshmuhammad singari bahodirlar kurashni butun dunyoga tanitishgan.

Kurash nafaqat sport turlaridan biri, shu bilan birga milliy bayramlar va xalq sayillarining ajralmas qismi hisoblanadi.

“Kurash” so‘zi “halol yo‘l bilan g‘alabaga erishish” ma’nosini anglatadi hamda o‘zida mardlik, kuchli iroda, halollik va raqibga nisbatan hurmatni aks ettiradi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin kurash bo‘yicha birinchi rasmiy turnir 1992-yil avgustda Shahrisabz shahrida o‘tkazildi.

1998-yil 6-sentabrda hozirda sayyoramizning besh qit’asidagi 129 ta milliy federatsiyani birlashtirgan Kurash xalqaro assotsiatsiyasi ta’sis etildi.

Bugungi kunga qadar dunyoning ko‘plab mamlakatlarida kurash bo‘yicha
500 dan ortiq xalqaro turnirlar o‘tkazildi. Yurtdoshlarimiz orasidan 300 nafardan ko‘proq sportchilar kurash bo‘yicha jahon, Osiyo chempionatlari va xalqaro turnirlarning g‘olib va sovrindorlari bo‘lgan.

Davlatimiz va Kurash xalqaro assotsiatsiyasining bevosita qo‘llab-quvvatlashi natijasida “Kurash” xalqaro sport turi sifatida keng e’tirof etildi, “kurash”, “halol”, “ta’zim”, “to‘xta” va “yonbosh” kabi atamalar esa xalqaro sport so‘z va iboralari qatoridan mustahkam o‘rin egalladi.

2017-yil 20-sentabrda Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo Olimpiya kengashining 36-Bosh assambleyasida kurash tarixda ilk bor XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga rasman kiritildi.

Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi tomonidan kurashni xalqaro sport musobaqalari va turnirlari dasturlariga, keyinchalik Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish bo‘yicha faol ish olib borilmoqda.

Aholi, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida kurashni yanada rivojlantirish hamda ommalashtirish, o‘sib kelayotgan avlodda milliy iftixor va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jahon sport maydonlarida yuqori natijalarga erishishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

Qarorda “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash nazarda tutildi.

Dasturga muvofiq kurashni ommalashtirish va yoshlarning bo‘sh vaqtini sifatli o‘tkazishni ta’minlash maqsadida Nukus shahri va viloyat markazlarida “Kurash” milliy sport turi markazlari, har bir tuman (shahar)da esa zamonaviy sport klublari va seksiyalari tashkil etiladi.

Shuningdek, kurash bo‘yicha respublika, xalqaro musobaqalar va turnirlarni doimiy asosda tashkil etish va o‘tkazish, musobaqa va turnirlar ishtirokchilarining avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasini joriy etish, “Kurash” yo‘nalishida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul kvotalarini oshirish, mazkur sport turi bilan shug‘ullanish uchun jahon standartlariga javob beradigan “yaktak” sport anjomlari va “kurash gilam”lari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, kurashni ommalashtirish yuzasidan media-reja ishlab chiqish nazarda tutildi.

Mazkur choralar aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kurashni rivojlantirish va ommalashtirishga, sport anjomlari va inventarlarini tayyorlash sohasida mahalliy brendni yaratishga, O‘zbekiston kurash federatsiyasi faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Kurash “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada sport o‘yinlari dasturiga kiritiladi.

Qarorga muvofiq 6-sentabr mamlakatimizda “Kurash” milliy sport turi kuni etib belgilandi va bu Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tashkil topgan kun bilan ramziy ma’noda bog‘liqdir.

O‘zbekiston kurash federatsiyasining moddiy-texnika bazasini sezilarli mustahkamlash, kurash bo‘yicha sportchilar va murabbiylarning ijtimoiy himoyasini oshirish imkonini beradigan qator imtiyozlar nazarda tutildi.

Xususan, yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi O‘zbekiston kurash federatsiyasi faoliyatini moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan badal, homiylik va xayriya yordam ko‘rinishidagi mablag‘lar miqdoriga, lekin soliq solinadigan foydaning o‘n foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorga kamayadi.

Sportchilarni hammabop va sifatli sport kiyimlari va inventarlari bilan ta’minlash maqsadida asosiy faoliyati “yaktak” sport kiyimlari va (yoki) “kurash gilam”larini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar besh yil muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod qilinadi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bundan mustasno.

Kurash bo‘yicha Osiyo o‘yinlari, Osiyo va jahon chempionatlari, shuningdek, O‘zbekiston birinchiligi g‘oliblarini oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish tartibi joriy etilmoqda.

Jamoatchilik, ayniqsa, yoshlarni ushbu sport turiga keng jalb etish maqsadida O‘zbekiston kurash federatsiyasi huzurida “Kurash” milliy sport turi markazi” nodavlat notijorat tashkilotini tashkil qilish nazarda tutildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarorini amalga oshirish “Kurash” milliy sport turini butun dunyoda yanada rivojlantirish va ommalashtirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni vatanparvarlik, milliy g‘urur va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan avlodda mardlik, kuchli iroda, olijanoblik va raqibga hurmat kabi sifatlarni shakllantirishga kuchli turtki bo‘lib xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida