Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.04.2017 18:30 Chop etish versiyasi

Yoshlar ijodi namoyish etilmoqda

Yoshlar ijodi namoyish etilmoqda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan tasviriy va amaliy san’at festivali turli ko‘rgazmalar, ijodiy muloqotlar, mahorat saboqlari, uchrashuvlarga boy bo‘lmoqda.

Festival doirasida Toshkent Fotosuratlar uyida Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yiliga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov va boshqalar mamlakatimizda yosh avlod manfaatlarini himoyalashga oid ezgu sa’y-harakatlar yigit-qizlarning puxta bilim olishi, o‘z qiziqishiga mos kasb-hunar egallashi, ijodiy-intellektual salohiyatini namoyon etishiga turtki berayotganini ta’kidladi.

Tasviriy va amaliy san’at festivalida mohir mo‘yqalam sohiblari bilan birga talabalar, tasviriy san’atga ishtiyoqi baland yoshlar ham o‘z ijod namunalari bilan qatnashmoqda.

– Rassom o‘z asarlari orqali odamlar qalbida go‘zallikka mehr shakllantirishga intiladi, – deydi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti prorektori Dilfuza Rahmatullayeva. – Ushbu festival ham zamondoshlarimiz obrazini yaratish, yurtimiz manzaralarini aks ettirish orqali yoshlar qalbiga eng ezgu g‘oyalarni singdirish, Vatanga muhabbat, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarga munosiblik, tinch va osoyishta kunlarimizga shukronalik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ko‘rgazmada Bobur Dadamuhamedov, Jasur Jumayev, Mirzomasxar Akromov, Rashid Xo‘janiyozov, Diyora G‘ulomova, Bahor O‘tamurodova, Shahnoza Egamberdiyeva kabi yoshlarning tasviriy va amaliy san’atga mansub ijodiy ishlari tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan.

Nazokat Usmonova, Sarvar O‘rmonov (surat), O‘zA
2 697






Все о погоде - Pogoda.uz