O‘zA O`zbek

05.05.2018 08:00 Chop etish versiyasi

Yangi kitobda ommaga aytilmagan ma’lumotlar keltirilgan

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tarix fanlari doktori, professor Rustambek Shamsutdinovning “Ikkinchi jahon urushi va front gazetalari” nomli kitobining taqdimoti o‘tkazildi.

Muallif kitobda Vatan ozodligi, yurt ravnaqi, xalq farovonligi uchun jonini fido etgan ajdodlarimiz yod etilgan. Kitobni tayyorlashda davriy matbuot materiallari, arxiv hujjatlaridan foydalanilgan. Uch jilddan iborat asarda hali ommaga aytilmagan ma’lumotlar ham keltirilgan. Ular orasida o‘zbek tilida bevosita frontda chop etilgan gazetalar ham bor.

Urush davrida chop etilgan “Vatan uchun”, “Sovet jangchisi”, “Suvorovchi”, “Front haqiqati”, “Qizil askar haqiqati”, “Bong”, “Vatan sharafi uchun”, “Dushmanga qarshi olg‘a”, “Qizil armiya” kabi front gazetalari maqolalaridan namunalar keltirilgan.

Kutubxona foyesida kitoblar, fotosuratlar, gramplastinkalarko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Barno Meliqulova, O‘zA
3 932