Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.04.2017 17:49 Chop etish versiyasi

Buyuk Sohibqiron davlat boshqaruvi haqida yangi monografiya chop etildi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Amir Temur davlat boshqaruvi" nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tariximiz, buyuk ajdodlarimizning hayoti, faoliyati, ma’naviy merosini xolis va haqqoniy o‘rganish, bebaho ma’rifiy xazinamizdan yosh avlodni bahramand etish, ularning tarbiyasida keng foydalanish masalasiga doimiy e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti o‘qituvchisi, tarix fanlari doktori Shohista O‘ljayevaning "Amir Temur davlat boshqaruvi" monografiyasida Sohibqiron bobomiz shaxsi, uning ilm-fan, madaniyat, ma’rifat ravnaqi yo‘lidagi homiylik faoliyati tahlil etilgan. Kitobda Amir Temur boshqaruvi davrida diplomatiya, tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishlari, xorijiy davlat arboblari bilan yozishmalari xususida ham so‘z yuritiladi.

– Amir Temur shaxsi, uning boy ma’naviy merosi har birimizda milliy o‘zlikni anglash, qalbimizda cheksiz faxr va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Sh.O‘ljayeva. – Mazkur tadqiqotni olib borishda Nizomiddin Shomiy va Sharofiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarlari, boshqa ko‘plab ilmiy manbalarga tayanildi. Sohibqiron qonun ustuvorligi orqali adolatni ta’minlash, saltanat tinchligi va jamiyat barqarorligini saqlashga alohida e’tibor qaratgan. Monografiyada ana shu jihatlarni ochib berishga intildik.

Nazokat Usmonova, O‘zA
3 699






Все о погоде - Pogoda.uz