Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.04.2017 20:24 Chop etish versiyasi

Xitoylik kinochilar bilan uchrashuv

Kinochilar uyida Xitoy Xalq Respublikasi kinematograflari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev va boshqalar O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar barcha yo‘nalishlar qatori madaniyat va san’at sohasida ham izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

Kinematografiya sohasida o‘zaro tajriba almashish, istiqbolli loyihalar ustida ishlash, hamkorlikda qisqa metrajli, animatsion, hujjatli va badiiy filmlar suratga olish, turli festival va madaniy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha rejalar belgilab olingan.

– Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashda kinematografiya alohida o‘rin tutadi, – dedi «China Film Promotion International» kompaniyasi bosh direktori Gu Guotsin. – O‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan hamkorlikda professional kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, sohaga zamonaviy texnika va texnologiyalarni keng joriy qilishga kelishib oldik. Kelgusida O‘zbekiston bilan hamkorlikda durdona kinoasarlar yaratish niyatidamiz.

Uchrashuvda kino sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi.

Sevara Alijonova, O‘zA
1 239






Все о погоде - Pogoda.uz