Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.09.2017 21:23 Chop etish versiyasi

Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab xayriya konserti bo‘lib o‘tdi

Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab xayriya konserti bo‘lib o‘tdi Poytaxtimizdagi "Istiqlol" san’at saroyida Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab "Ezgulikni muqaddas bilgan xalqim" deb nomlangan xayriya gala-konserti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ma’rifiy tadbirga kam ta’minlangan oilalar, alohida ehtiyojli fuqarolar, Saxovat, Muruvvat uylarida istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz, nuroniylar taklif etildi.

...San’at saroyining muhtasham sahnasida musiqa sadolari yangraydi. Ona-O‘zbekistonimizni, tinchlik va osoyishtalikni, mehr-oqibatni, odamiylikni, ezgulikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.

13 (1).JPG

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.Shodmonov va boshqalar davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan odamlar ko‘ngliga yo‘l topish, ularning og‘irini yengil qilish, ehtiyojmand fuqarolar ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmatni yaxshilash yuzasidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidladi.

Prezidentimizning 2017-yil 1-avgustdagi Nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoyishi mazkur sohaga xolis, chuqur tahliliy, kompleks asosda yondashishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Muruvvat va Saxovat uylari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika vasiylik kengashi tomonidan ixtisoslashgan muassasalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni tubdan ta’mirlash yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

4.JPG

"Ezgulikni muqaddas bilgan xalqim" xayriya loyihasi doirasida alohida ehtiyojli fuqarolar ijodiga doir ko‘rgazma tashkil etildi. Tadbirda shuningdek, ezgu va savobli ishlarda faol qatnashayotgan tashkilotlar, hokimliklarning vakillari, Muruvvat va Saxovat uylarining rahbarlari turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.Qo‘chqorov ishtirok etdi.

Nazokat Usmonova, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA
4 344






Все о погоде - Pogoda.uz