O‘zA O`zbek

15.04.2019 15:07 Chop etish versiyasi

«Vaqf» fondi non ishlab chiqarishni boshladi

«Vaqf» fondi non ishlab chiqarishni boshladi

Shu yilning mart oyida 16 gektar yer maydon va binolar O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan "Vaqf" fondiga beg‘araz berilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu hududda qisqa muddat ichida non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish sexi barpo etildi.

"Vaqf" xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati ma’lum qilishicha, shu yilning 15 aprel kuni non sexi o‘z faoliyatini boshladi va dastlabki non mahsulotlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining duoi xayrlari ila xalqimizga tortiq qilindi.

– Shubhasiz, non – xalqimiz uchun eng aziz va laziz ne’mat. Dasturxonimiz to‘kisligi ham, ro‘zg‘orimiz fayzu barakasi ham uning serobligi bilan o‘lchanadi. Uyga mehmon kelsa, albatta, non ushatiladi. Sodda qilib aytganda, non odamlarning kayfiyatiga ta’sir qiladigan eng muhim mahsulotlar sirasiga kiradi, – deydi Fond rahbari Iskandar Xalilov. – Ushbu sexning dastlabki xushta’m non mahsulotlari, oliy maqsadga mos ravishda xayriya tariqasida ishchi-xizmatchilarga, mirishkor dehqonlarga va uzoq-yaqindan kelgan mehmonlarga tarqatilganini bildirdi.

Mutaxassis Luqmon Ablaqulovning aytishicha, sexda to‘qqiz turdagi non mahsulotlari ishlab chiqarilib, ular do‘konlar orqali sotiladi hamda tushgan foyda hisobidan mehribonlik, qariyalar va nogironlar uylariga xayriya tariqasida ham ulashiladi. Shuningdek, nonning tarkibida inson uchun nihoyatda zarur va foydali bo‘lgan 30-35 foiz oqsil, 60-70 foiz uglevod, kletchatka, turli vitaminlar, mineral tuzlar, shuningdek, temir, kalsiy, fosfor va boshqa moddalar borligini mutaxassis o‘z so‘zida izohlab berdi.

Ushbu non va non mahsulotlarini ishlab chiqarishdan ko‘rilgan foyda masjid-madrasalarni obod etish, yordamga muhtoj va nogironligi bor shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlariga sarflanadi. "Vaqf" nonlarini sotib olish orqali oilangizga halol luqma olib kiring, oxiratingizga esa zahira xosil qiling.

photo5305342324022291092.jpg

photo5305342324022291093.jpg

photo5305342324022291094.jpg

photo5305342324022291096.jpg

photo5305342324022291095.jpg

photo5307551921487325960.jpg

photo5307551921487325961.jpg

photo5307551921487325962.jpg

O‘zA
357