Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.04.2017 20:27 Chop etish versiyasi

Unutilmas balet kechasi

Unutilmas balet kechasi Sankt-Peterburgning Mariinskiy teatri bosh balerinasi, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Diana Vishnyova balet san’ati muxlislarini Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatriga chorladi.

Xalqaro tanlovlar laureatining nafosat va qalb uyg‘unligidagi betakror raqslari ko‘plab tomoshabinlarni maftun etgan, san’ati yuqori baholangan. D.Vishnyova jozibador raqslari bilan yana bir bor tomoshabinlarga unutilmas damlarni hadya etdi.

Kechada Jorj Bize-Rodion Shedrinning bir aktli «Karmen-syuita» baleti, Mariinskiy teatri balet truppasi yakkaxonlarining «Don-Kixot», «Oqqush ko‘li», «Anna Karenina», «Shahrizoda» spektakllari va boshqa baletlardan sahna ko‘rinishlari hamda xoreografik dasturlari namoyish etildi.

San’at vositasida xalqlarimiz o‘rtasidagi yaqinlik, samimiyat va do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashda bu kabi madaniy tadbirlarning muntazamlik kasb etishi, san’atkorlar gastrollarining keng yo‘lga qo‘yilishi muhim ahamiyatga ega. Rossiyalik san’atkorlar ishtirokidagi balet kechasi ham mazkur ezgu maqsadga xizmat qildi.

Sevara Alijonova, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA
460






Все о погоде - Pogoda.uz