Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.10.2017 21:12 Chop etish versiyasi

Tojikiston madaniyati kunlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Tojikiston madaniyati kunlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida tashkil etilgan marosimda davlat va jamoat tashkilotlari, diplomatik korpus vakillari, tojikistonlik san’at va madaniyat namoyandalari, yoshlar, muxlislar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.Sayfullayev, Tojikiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari I.Mashrabov va boshqalar xalqlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik barcha jabhalar qatori madaniyat sohasida ham izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Bu kabi madaniy-ma’rifiy tadbirlar xalqlarimizning boy an’ana va qadriyatlarini, san’at sohasidagi yutuqlarini keng namoyish etish bilan birga, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tojikiston madaniyati kunlari doirasida Toshkentda o‘tkazilayotgan "Zamonaviy Tojikiston" nomli foto va mo‘yqalam ustalarining ijod namunalari ko‘rgazmasi, xalq hunarmandlari mahsulotlari namoyishi taassurotlarga boy bo‘lmoqda. Ushbu tadbirlar davomida o‘tkazilgan muloqotlarda o‘zbek va tojik xalqlarining asrlar davomida yonma-yon yashab, bir-birining madaniyati va san’atini boyitib kelgani, bu an’analar bugun yangi bosqichda davom ettirilayotgani ta’kidlandi.

Kechada Tojikiston san’at namoyandalari tomonidan namoyish etilgan konsert ishtirokchilarga mumtoz kuy-qo‘shiqlardan bahramand bo‘lish imkoniyatini tuhfa etdi.

Konsert “Zebo” raqs ansamblining chiqishi bilan boshlandi. Tojikiston xalq artistlari Saidqul Bilolov va Davlat Xolov, shuningdek, Sharofat Usmonova, Amirjon Ro‘ziyev, Fotima Mashrapova kabi xonandalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tinglovchilarga manzur bo‘ldi.

16.JPG

– Xalqlarimiz o‘rtasida ham ma’naviy, ham madaniy mushtaraklik bor, – deydi Tojikiston davlat akademik opera va balet teatri direktori Manuchehr Sharifzoda. – Joriy yil may oyida Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tgan edi. O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan Tojikiston madaniyati kunlari uning mantiqiy davomi bo‘lib, madaniy-gumanitar hamkorligimiz izchil taraqqiy etayotganidan dalolatdir.

Madaniyat kunlari doirasida poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida tojikistonlik kino rejissyorlari tomonidan suratga olingan badiiy filmlar namoyishi bo‘lib o‘tmoqda. Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ushbu mamlakat haqida hikoya qiluvchi kitoblar taqdimotlari, uchrashuvlar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.

Ulug‘bek Shonazarov, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA
4 169






Все о погоде - Pogoda.uz